O‘zbekistonda ipoteka subsidiyalari dasturi start olmoqda
MKBANK orqali uy olish uchun arizalar qabul qilinadi.
1 daqiqa o‘qiladi

Ertaga, 16-martdan ipoteka uchun subsidiyaga arizalar qabul qilish boshlanadi. MKBankning ma’lum qilishicha, fuqarolar MKBANK Ipoteka krediti orqali davlat subsidiyasi asosida uy-joy sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Kredit shartlari
Boshlang‘ich to‘lov — 15% dan boshlab
Kredit muddati — 20 yilgacha
Foiz stavkasi — yillik 17%
Subsidiyadan foydalanish uchun ariza beruvchi:
- ijtimoiy mezonlar asosida 30 va undan yuqori ball to‘plashi;
- kredit tarixi MKBANKning ichki talablariga mos bo‘lishi;
- ariza beruvchining yoki turmush o‘rtog‘ining nomida mulk huquqi bilan uy-joy mavjud bo‘lmasligi;
- daromadi belgilangan ijtimoiy mezonlar doirasida bo‘lishi lozim.
Ariza topshirish usullari:
my.gov.uz portali orqali
myGov mobil ilovasi orqali
Davlat xizmatlari markazlari orqali
Ariza berishda OneID orqali MKBANKka kredit tarixini tekshirishga ruxsat berish talab etiladi.
Reklama huquqlari asosida



