$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

Quyosh panellari o‘rnatgan fuqarolarga 10 oyda 10 milliard so‘m to‘lab berildi

Quyosh panellari

O‘zbekistonda quyosh panellari o‘rnatgan fuqarolarga 10 mlrd. so‘mdan ziyod subsidiya berildi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

6 yarim mingdan ortiq aholiga to‘lab berildi

Joriy yilning yanvar—oktyabr oylarida “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida 6 536 nafar jismoniy shaxsga to‘lovlar amalga oshirilgan. Elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan 10,56 mln. kVt/soat quyosh energiyasi uchun ajratilgan to‘lovlar miqdori 10,56 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Shundan 5,75 mlrd. so‘mi avgust—oktyabr oylariga to‘g‘ri keladi.

Subsidiyaning eng katta qismi Xorazm viloyatiga ajratilgan — 2,4 mlrd. so‘m. Undan keyingi o‘rinlarda 1,7 mlrd. so‘m bilan Qoraqalpog‘iston hamda 1,4 mlrd. so‘m bilan Toshkent shahri turibdi.

 “Quyoshli xonadon” dasturi

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil boshida prezident aholi uchun quyosh energiyasidan foydalanuvchi tizim yaratish vazifasini qo‘ydi. Undan keyin hududlarda aholi xonadonlariga kichik quvvatli quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish bo‘yicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshirilishi belgilandi.

Dastur 1-apreldan amalga oshirila boshlandi. Uning doirasida quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasi bir kVt/soati uchun 1 000 so‘mdan davlat tomonidan sotib olinadi. Subsidiyalarni “Soliq” mobil ilovasi orqali olish mumkin.

Теги :
Jamiyat