$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yildan shakarli ichimliklar uchun avtomatlashtirilgan nazorat tizimi joriy etiladi

shakarli

Oʻzbekiston Respublikasining “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini ta'minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi

Soliq tushumlari hududlar byudjetida saqlanadi 

Qarorga koʻra, quyidagi soliq turlari boʻyicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismi Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetida quyidagi miqdorlarda qoldiriladi:

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻliq hajmda;

foyda soligʻi toʻliq hajmda;

QQS boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasida daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismining 100 foizi, qolgan hududlarda esa 60 foizi.

QQS va ijtimoiy soliqlar bo‘yicha taqsimotda barqarorlik va moslashuvchanlik 

 Iqtisodiyot va moliya vazirligiga narxlar (tariflar) va qonunchilik hujjatlari oʻzgarishidan kelib chiqib, QQS boʻyicha daromadlar prognozini tasdiqlangan koʻrsatkichlar doirasida hududlar kesimida qayta taqsimlash huquqi berildi.

 2025-yilda ijtimoiy soliq tushumlari boʻyicha 2024-yilda amal qilgan taqsimlash me'yorlari saqlab qolinadi.

Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq

2025-yil uchun yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq quyidagi miqdorlarda tasdiqlandi:

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ uchun oltin boʻyicha – 10 foiz va palladiy, kumush, mis boʻyicha – 15 foiz;

“Navoiyuran” AJ uchun uran boʻyicha – 16 foiz;

“Oʻzbekneftgaz” AJ uchun neft, tabiiy gaz va gaz kondensati boʻyicha –15 foiz;

oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yigʻim 1 grammiga 2 000 soʻm miqdorida. 

Uy-joy fondining koʻchmas mulk obyektlariga solinadigan soliq summasi

Qarorga koʻra, 2025-yilda uy-joy fondining koʻchmas mulk obyektlariga, shuningdek, ular egallab turgan yer uchastkalariga nisbatan:

2018-yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi 2024-yil uchun hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi;

jismoniy shaxslardan undiriladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻi summasi 2024-yilda hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim.

 Shakarli ichimliklar nazorati uchun yangi avtomatlashtirilgan tizim

 2025-yil 1-iyulgacha tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushboʻylashtiruvchi moddalar boʻlgan ichimliklar roʻyxatini shakllantirish, ular tarkibidagi shakar va boshqa moddalar miqdori hisobini yuritish va uni yangilab borish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqiladi.

Birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning 2025–2027-yillar uchun byudjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq maqsadli indikatorlari tasdiqlandi.

 Vazirlik va idoralar rahbarlari byudjetdan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi va maqsadli indikatorlarning toʻliq bajarilishi uchun shaxsan mas'ul hisoblanadi.

Теги :
Jamiyat