O‘zbekistonlik turistlar soni 35,5%ga oshgan
Turistik maqsadlarda chet elga chiqqan fuqarolar soni e’lon qilindi.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik turistlar soni 35,5%ga oshgan
Turistik maqsadlarda chet elga chiqqan fuqarolar soni e’lon qilindi.
2,2 mln. nafar o‘zbekistonliklar turist
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-may oylarida qariyb 2,2 mln. nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet davlatlariga chiqishgan.
35,5% o‘sish ko‘rsatkichi
O‘zbekistonlik turistlar soni o‘tgan yilning mos davriga qaraganda 569,2 ming nafarga yoki 35,5%ga ko‘paygan.
Sayohat qilish manzillari
5 oyida turist sifatida eng ko‘p o‘zbekistonlik sayyohlar borgan manzillar :
1. Qirg‘iz Respublikasi – 995,3 ming nafar;
2. Tojikiston – 449,8 ming nafar;
3. Qozog‘iston – 322,5 ming nafar;
4. Saudiya Arabistoni – 100,2 ming nafar;
5. Rossiya – 86,5 ming nafar;
6.Turkiya – 63,9 ming nafar;
7. BAA – 55,7 ming nafar;
8. Quvayt – 16,5 ming nafar;
9. Misr – 13,5 ming nafar;
10. Janubiy Koreya – 8,3 ming nafar;
Boshqa davlatlarga esa 59,5 ming nafar sayyoh tashrif buyurgan.



