O‘zbekiston milliy statistika tizimi global baholashdan o‘tkazildi
Bu uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa iqtisodiy komissiyasi ekspertlari guruhi tashrif buyurdi.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston milliy statistika tizimi global baholashdan o‘tkazildi
Bu uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa iqtisodiy komissiyasi ekspertlari guruhi tashrif buyurdi.
Tahlil nimalarni o‘z ichiga oladi?
Xalqaro amaliyotda statistika idoralarining faoliyati global baholashdan o‘tkazib boriladi va bu uchun ma’lum talablarga e’tibor beriladi.
Global baholash davomida xalqaro ko‘rsatmalarga va tavsiyalariga, shu jumladan, BMT rasmiy statistika asosiy tamoyillari va Yevropa statistikasi amaliyot kodeksiga muvofiq, rasmiy statistikani tayyorlashda institutsional, tashkiliy va texnik salohiyatlarining holati hisobga olinadi.
Komissiyaga taqdimotlar berildi
"O‘zbekiston milliy statistika tizimini global baholash" maqsadida tashrif buyurgan ishchi guruhga so‘nggi yillarda statistika tizimida amalga oshirilgan islohotlar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar, sohaga zamonaviy AKTning joriy etilishi, ochiqlik borasida xalqaro reytinglardagi natijalar taqdim etildi.
Statistika ishlab chiqaruvchilari
Ekspertlar guruhi O‘zbekistonda rasmiy statistikani ishlab chiqaruvchilari bo‘lgan, Markaziy bank, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa tegishli idoralar vakillari bilan uchrashib, ularning statistika bo‘yicha faoliyatini o‘rganishdi.



