Elektromobillarni zaryadlash stansiyalari majburiy o‘chirilmoqda. Energetika vazirligi nima deydi?
Tadbirkorlar elektromobillarni zaryadlash stansiyalari ishlashidan qat’i nazar, ijara va boshqa to‘lovlarni to‘lash majburiyati saqlanib qolayotganidan shikoyat qilishdi.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda elektromobillarni zaryadlash stansiyalari majburiy ravishda o‘chirilmoqda. Bu haqda bir nechta bozor ishtirokchilari xabar bergan.
O‘chirishlar haqida ogohlantirilmagan
Ularning so‘zlariga ko‘ra, elektrmobillarni zaryadlash stansiyalaridagi birinchi uzilishlar o‘tgan hafta boshida boshlangan. Bir kompaniya asosan Toshkentda joylashgan 20ga yaqin stansiya o‘chirilganini ma’lum qildi. Boshqa bir kompaniyaning ta’kidlashicha, elektr tarmog‘idan uzilgan yoqilg‘i quyish shoxobchalari “yetarli darajada ko‘p.”
Bozor ishtirokchilari o‘chirilishlar haqida ogohlantirilmagani, shuningdek, huquqiy hujjatlar taqdim etilmaganini ta’kidlashdi. Kompaniyalar bu haqida stansiyalar faoliyatini nazorat qilish vaqtidagina bilib olishgan.
Tadbirkorlar elektromobillarni zaryadlash stansiyalari ishlashidan qat’i nazar, ijara va boshqa to‘lovlarni to‘lash majburiyati saqlanib qolayotganidan shikoyat qilishdi. Shuningdek, stansiyalarning o‘chirilishi mijozlar noroziligiga olib keldi, bu esa kompaniyalar obro‘siga putur yetkazadi.
Vazirlik nima deydi?
Energetika vazirligi matbuot kotibi Hasan Toshxo‘jayevning ma’lum qilishicha, vazirlik tomonidan elektromobillarni quvvatlash stansiyalari faoliyatiga hech qanday cheklovlar kiritilmagan. “Energetika vazirligi O‘zbekistonda elektromobillarni ommalashtirish tarafdori”, — dedi u.



