Qashqadaryoda yigit unga turmushga chiqishni xohlamagan qizni pichoqladi
Viloyat Prokuraturasining xabar berishicha, holat Qarshi davlat universiteti hududida sodir bo‘lgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Jabrlanuvchi hozirda shifoxonada tibbiyot xodimlari nazorati ostida davolanmoqda.
8 marta pichoqlagan
Qayd etilishicha, joriy yilning 22-iyun kuni soat 08:30 larda fuqaro M.E oʻziga oldindan tanish boʻlgan Qarshi davlat universiteti talabasi fuqaro S.T. bilan universitet hududida oʻzaro janjallashib qolishadi. Oqibatda S.T.ning tanasini turli sohalariga oʻzi bilan olib kelgan pichoqni 8 marotaba sanchib, ogʻir tan jarohati yetkazgan.
O‘zini o‘zi pichoqladi
Shundan soʻng fuqaro M.E. oʻzining qorin boʻshligʻiga pichoq sanchib, oʻziga-oʻzi tan jarohati yetkazgan.
Effect.uz nashrining ma'lum qilishicha, qizni pichoqlagan yigit qizga turmushga chiqishni taklif qilgan. Qiz esa uning taklifini rad qilgan.
Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Holat yuzasidan 22.06.2024 yilda Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro M.E.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Qiz tibbiyot xodimlari nazorati ostida
Jabrlanuvchi qiz hozirda shifoxonada tibbiyot xodimlari nazorati ostida davolanmoqda.
Gumonlanuvchi qo‘lga olindi
Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.



