Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 97 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +12° kechasi +9°

60 dan ortiq pichoq izi: Toshkentda 19 yil avval bir qizni o‘ldirgan askarga hukm o‘qildi

Erkak qizdan gonoreya va bakterial uretrit kasalligini yuqtirib olganini aytdi.

1 daqiqa o‘qiladi

60 dan ortiq pichoq izi: Toshkentda 19 yil avval bir qizni o‘ldirgan askarga hukm o‘qildi

Toshkent Shahar sudlari matbuot xizmati 19 yil avval poytaxtda qotillik sodir etgan 43 yoshli sobiq askarga nisbatan sud hukmi o‘qilganini xabar qildi.

Marhuma bilan tanishuv

Sud hujjatlariga ko‘ra, ayblanuvchi R.M. Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi harbiy qismda stansiya boshlig‘i bo‘lib ishlagan. U D.B.(qiz)ni poytaxtdagi kafelardan birida uchratgan, shundan so‘ng u bilan yaqin munosabatlarga kirishgan.

Gonoreya va bakterial uretrit

D.B bilan yaqin munosabatdan so‘ng R.M. tibbiy tekshiruvdan o‘tadi. Tekshiruv natijasiga ko‘ra unda o‘tkir gonoreya va bakterial uretrit borligi aniqlanadi. Shunga qaramay, sobiq askar munosabatlarni davom ettirgan.

61 marta pichoqlagan

Kunlarning birida erkak fuqaroning xizmati uchun 200 ming so‘m to‘lashdan bosh tortdi va kasallikni qizdan yuqtirib olganini aytib, o‘rtada nizo kelib chiqadi. Janjal paytida qiz R.M.ni haqoratlay boshlaydi. Bunga javoban erkak D.B.ning yuziga va butun tanasiga pichoq bilan jami 61 marta zarba beradi.

Sobiq askar 17 yilga “kesildi”

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi fuqaroni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish) bilan aybdor deb topdi. U 17 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.