$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

SSSR 2025-yilda qayta tiklanishi muqarrar – Vasserman

SSSR

Davlat dumasi deputati Anatoliy Vasserman mk.ru nashriga bergan intervyusida SSSRning u yoki bu ko‘rinishda qayta tiklanishi muqarrarligini aytdi.

Bu 2025-yilda sodir bo‘lishi mumkin

Vassermanning fikricha, Sovet Ittifoqining qayta tiklanishi 2025-yilda yoki yaqin yillarda bo‘lishi mumkin.

“Bu bir-biridan uzoq masofalarda joylashgan hududlarni yagona boshqaruv ostida birlashtirgan mustamlaka imperiyalariga taalluqli”, – dedi parlamentariy.

SSSR “yaxshiroq ko‘rinishda” tiklanadi

U asrlar davomida yonma-yon yashab kelayotgan va o‘zaro manfaatli hamkorlik shakllarini izlayotgan xalqlardan tashkil topgan qit’aviy imperiyalar ham mavjudligiga e’tibor qaratdi. Vassermanning ta’kidlashicha, bunday imperiyalar, qandaydir sabablarga ko‘ra parchalanib ketsa ham, tez orada tiklanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bir necha bor parchalanib, keyinchalik kattaroq miqyosda va “yaxshiroq ko‘rinishda” qayta tiklangan qit’aviy imperiyaning yorqin misolidir. Deputatning fikricha, Sovet Ittifoqini 2025-yilda yoki yaqin bir-ikki yil ichida qayta tiklash mumkin.

“Sovet Ittifoqini avvalgi ko‘rinishda tiklash imkonsiz”

Rossiya Xavfsizlik kengashi rais o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Sovet Ittifoqini avvalgi ko‘rinishida qayta tiklash mumkin emasligini ta’kidlagan edi.

“Men Sovet Ittifoqida tug‘ilib o‘sganman, o‘qiganman, ta’lim-tarbiyam va rivojlanishim uchun Sovet Ittifoqiga qarzdorman. Ammo biz hammamiz tushunamizki, bir daryoga ikki marta kirish mumkin emas va Sovet Ittifoqini qanday bo‘lgan bo‘lsa, xuddi shunday qayta tiklash imkonsiz,” – degan Medvedev.

Uning fikricha, “biz hozir yurib borayotgan yo‘nalishda” harakat qilishni davom ettirish lozim. Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, SSSR o‘nlab avlodlarning mehnati bilan “uning ajralmas qismlari bilan birga” yaratilgan Rossiya imperiyasining munosib vorisi edi.

Теги :
Jamiyat