$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi bizni eshitisholmaydi(mi?): Prokuratura organidan fuqarolarning o‘zaro so‘zlashuvlarni eshitish vakolati olinishi mumkin

spy

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining mamlakatda konstitutsiyaviy qonuniylikning holatiga bag‘ishlagan navbatdagi yig‘ilishida prokuratura organidan tintuvga doir vakolatni olish taklif etildi.

Qonunlar qayta ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmoqda

Ma’lumki, shaxsning yozishma, so‘zlashuvlarini sir saqlashga bo‘lgan huquqini cheklash hamda uy-joyda tintuv o‘tkazish faqat sud qaroriga asosan amalga oshirilishi kerak. Konstitutsiyaviy sud qonunchilikni Asosiy qonunga muvofiqlashtirish bo‘yicha boshlangan ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan bir qator takliflar bergan. Jumladan, shaxsning yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar, pochta, elektron va boshqa xabarlarini sir saqlashga bo‘lgan huquqini cheklashni, uy-joyda tintuv o‘tkazishni faqat sud qaroriga asosan amalga oshirishga oid konstitutsiyaviy qoidalar asosida Jinoyat-protsessual kodeksi tegishli normalarini qisqa muddatlarda qayta ko‘rib chiqish lozimligi bildirgan.

Amaldagi tartibot qanday?

Mamlakat Konstitutsiyasiga muvofiq, har kim yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar va boshqa xabarlarini sir saqlash huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishi va shaxsning uy-joyida tintuv o‘tkazishga faqat qonunga muvofiq va sud qaroriga asosan yo‘l qo‘yilishi belgilangan. Ayni paytda, Jinoyat-protsessual kodeksining 382-moddasida tintuv o‘tkazish, telefon va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishga ruxsat berish prokuror vakolatlariga kirishi qayd etilgan.

Loyiha Parlamentga kiritilishi mumkin

Konstitutsiyaviy sud yuqorida qayd etilgan vakolatlarni prokuraturadan olishga doir loyihani qisqa fursatda parlamentga kiritishga undagan. Ma’lumot uchun, shu kunga qadar fuqarolik jamiyati vakillari Konstitutsiyaviy sud o‘z vakolatlaridan to‘liq foydalangan holda siyosiy, huquqiy jarayonlarda faol ishtirok etishi kerakligini aytib keladi.

Теги :
Jamiyat