Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +9°

Asr sportchisi kimligi aniqlandi

Bundan avval Maykl Jordan 20-asrning eng yaxshi sportchisi deb topilgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Asr sportchisi kimligi aniqlandi

Asr sportchisi kimligi aniqlandi

Bundan avval Maykl Jordan 20-asrning eng yaxshi sportchisi deb topilgan.

21-asrning eng yaxshi sportchisi

Eng yaxshi, eng zo‘ri kim degan savol ustida odamlar uzoq bahslashishlari mumkin. Ammo ESPN buni aniqlab berdi.

Amerikalik suzuvchi Maykl Felps ESPN talqiniga ko‘ra XXI asrning eng yaxshi sportchisi deb topildi.

Biz sevgan futbolchilar qayerda?

Ikkinchi o‘rinda amerikalik tennischi Serena Uilyams, kuchli uchlikni argentinalik futbolchi Lionel Messi yakunlab turibdi.

Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu esa 13-o‘rinni egalladi.

Nega aynan Felps?!

Maykl Felps 23 karra Olimpiada chempioni. U 2016-yilda Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiadadagi so‘nggi medalini qo‘lga kiritgan.

Felps 15 yosh-u 9 oyligida suzish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgan eng yosh odamga aylandi. Bundan keyin u 200 metrga batterflay usulida rekord o‘rnatgan.

Felps, shuningdek, 2001-2010-yillarda individual musobaqalar va estafetalarda 50 karra AQSH chempioni sanaladi.

Ma’lumot o‘rnida, 20-asrning eng zo‘r sportchisi deb Maykl Jordan topilgan.