$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Endilikda universitetlarning ham o‘z sport klublari bo‘ladi

sport

4-dekabr kuni “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

3 ta jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil etiladi

Qarorga muvofiq, 2025/2026 o‘quv yilidan barcha davlat universitetlarida voleybol, basketbol, gandbol, regbi, chim ustida xokkey, suv polosi jamoaviy sport turlari bo‘yicha, boshqa davlat oliy ta’lim muassasalarida kamida 3 ta jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil etiladi. 

2025/2026 o‘quv yilidan jamoaviy sport turlari bo‘yicha quyidagi sport musobaqalarini o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yiladi:

“Maktab ligasi”;

“Talabalar ligasi” va “Oliy ta’lim kubogi”;

“Rektor kubogi”.

Shuningdek, vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalarda kamida 3 ta jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil qilinadi. 

Hokim kubogi musobaqalari o‘tkazib boriladi

Bunda jamoaviy sport turlari bo‘yicha idoraviy tashkilotlar kesimida “Rahbar kubogi”, mahalliy hokimliklar kesimida “Hokim kubogi” musobaqalari o‘tkazib boriladi.

Shuning bilan birga, quyidagilar yo‘lga qo‘yiladi:

Tadbirkorlik subyektlarida jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublarini tashkil qilish;

Tadbirkorlik subyektlari sport klublari o‘rtasida “Korporativ sport o‘yinlari” sport musobaqasini o‘tkazib borish.