$
 12808.03
14.65
 13612.37
16.85
 130.15
-0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Maxsus ta’lim muassasalari va internat uylari uchun sport obyektlari quriladi

nogironlar uchun imkoniyat

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident qarori imzolandi.

Hujjatga muvofiq, 2024-yil 15-dekabrdan boshlab:

Sport bilan shug‘ullanish istagidagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning murojaatiga ko‘ra ularga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan davlat mulkida bo‘lgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarida sport bilan bepul shug‘ullanish uchun yo‘llanmalar beriladi;

sport bilan bepul shug‘ullanish imkoni yaratilgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari ro‘yxati tegishincha Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda tasdiqlanadi hamda doimiy yangilab boriladi.

2025-yildan nimalar o‘zgaradi?

2025-yil 15-yanvardan boshlab:

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning davlat mulkida bo‘lgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarida tashkil etilgan sport to‘garaklaridagi ishtiroki “Inson” markazi tomonidan yo‘llanma berilgan kundan boshlab har olti oyda bir marotaba joyiga chiqqan holda yoki “ERP-sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali monitoring qilib boriladi.

“Hamrohlik xizmati” yo‘lga qo‘yilmoqda

Qaror bilan 2025-yil yakuniga qadar:

Agentlik tomonidan ko‘z va tayanch-harakat a’zolari kasalliklariga chalingan nogironligi bo‘lgan shaxslarni sport inshootlariga borib-kelishiga yordam berish uchun hamrohlik xizmati tashkil etiladi. 

Bu xizmat davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida NNTlar va ko‘ngillilar orqali yo‘lga qo‘yiladi. 

Hududlardagi “Inson” markazlari qoshida ko‘ngillilar guruhlari tashkil etiladi.

Bu xizmat avval faqat aholisi ko‘p hududlarda bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

Maxsus ta’lim muassasalari va internat uylari uchun sport obyektlari quriladi

2025–2026-yillarda maxsus ta’lim muassasalari va "Muruvvat" internat uylarida sport obyektlari quriladi, ta’mirlanadi va jihozlanadi.  

Bu muassasalarda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun adaptiv sport to‘garaklari tashkil etilib, kunduzgi qatnov xizmati yo‘lga qo‘yiladi.  

Davolovchi jismoniy tarbiya yo‘riqchilari nogironlarga mos sport turlari bo‘yicha qayta tayyorlov kurslarida ishtirok etadi.

Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash instituti tashkil etiladi

Qaror bilan adaptiv sport turlari Assotsiatsiyasining asosiy vazifalari belgilab berilmoqda.

Shuningdek, Assotsiatsiyaning hududiy bo'linmalari faoliyatini yo'lga qo'yish va Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutini tashkil etilishi belgilandi.

Bunda 2025-yil 1-fevraldan boshlab, adaptiv sport va jismoniy tarbiya mutaxassislari uchun maxsus qayta tayyorlov va malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. Kurs yakunida 4-yil amal qiladigan sertifikat beriladi.  

Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari malaka sertifikatiga ega trenerlarga adaptiv sport turlari bo‘yicha guruhlar tashkil qilish va nogironligi bo‘lgan bolalarni qabul qilish imkonini beradi. Oliy ta’lim muassasasini yaqinda tugatgan bitiruvchilarga sertifikat talab etilmaydi.  

Nogironligi bo‘lgan shaxslar sport maktablari va adaptiv sport guruhlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali oson tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.  

Adaptiv sport guruhlarini tashkil etgan trenerlar maoshiga 50% ustama qo‘shiladi. Guruhlar faoliyati “Inson” markazlari va “ERP-sport” elektron tizimi orqali nazorat qilinadi.

Теги :
Jamiyat