Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 96 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +8°

Noqonuniy 4,5 tonna spirt to‘xtatib qolindi

Farg'onalik fuqaro qadoqlangan idishlarda antiseptik nomi ostida spirt tashigan.

1 daqiqa o‘qiladi

Noqonuniy 4,5 tonna spirt to‘xtatib qolindi

Noqonuniy 4,5 tonna spirt to‘xtatib qolindi

Farg'onalik fuqaro qadoqlangan idishlarda antiseptik nomi ostida spirt tashigan.

Tezkor tadbir

Bosh Prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda Farg‘onalik fuqaro Xorazm viloyatiga sotish uchun "Isuzu" rusumli yuk mashinasida tegishli hujjatlari mavjud bo‘lmagan, har biri 5L. hajmdagi idishlarga qadoqlangan va ustiga antiseptik yozuvi tushirilgan qalbaki 900 dona, jami 4,5 tonna spirt mahsulotlari olib ketilayotgani aniqlangan.

Ekspertiza xulosasi

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 5L. idishlarda antiseptik nomi bilan qadoqlangan mahsulot aslida etil spirti ekanligi qayd etilgan.

Bundan tashqari, mahsulotning bahosi 157,5 million ekanligi ma’lum qilingan.

Jinoyat ishi

Mazkur qonunbuzarlik ishi sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.