$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Andijonda 5 nafar shaxs spirtli ichimlik iste’moli oqibatida vafot etdi

spirt

Andijon viloyat prokuraturasining rasmiy bayonotiga ko‘ra, 5 nafar shaxs spirtli ichimlik iste’moli oqibatida vafot etgan. Hozirda esa mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fuqarolar spirtli ichimlikdan o‘tkir zaharlangan

Ma’lum qilinishicha, 2024-yil 22-26-dekabr kunlari Andijon viloyatida 22 nafar fuqaro O‘zbekiston Respublikasi aksiz markasi yopishtirilgan “O‘zbekiston” nomli konyak spirtlik ichimlik iste’mol qilganliklari oqibatida shifoxonaga o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan yotqizilgan.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, ularning 5 nafari vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zgatilgan

Ushbu holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tergovchilari rahbarligida tuzilgan viloyat IIB tergov departamenti, IJQK departamenti tergovchilaridan iborat tezkor tergov guruhi tomonidan olib borilmoqda.