$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Hammasini bir ball hal qildi: O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi qanday qilib aniqlandi?

UFA

O‘FA O‘zbekistonning 2024-yildagi eng yaxshilarini aniqlashda to‘plangan ballarni e’lon qildi. 

Eng yaxshilarni aniqlash tartibi

Bundan ikki kun avval, 14-dekabr kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi binosida o‘zbek futbolidagi eng yaxshilar nomi aniqlangan edi. Eng yaxshilar jurnalistlar tomonidan so‘rovnoma asosida aniqlangan. So‘rovnomada 62 nafar sport jurnalisti ishtirok etgan. Hisoblash jarayonida nomzodlarga birinchi o‘rin uchun 3 ball, ikkinchi o‘rin uchun 2 ball hamda uchinchi o‘rin uchun 1 balldan berilgan. Qiziqarlisi, eng yaxshi futbolchi nominatsiyasida Abbos Fayzullayev Abduqodir Husanovni atigi 1 ballga ortda qoldirgan.

Kim qancha ovoz to‘pladi?

O‘FA tomonidan O‘zbekistonning 2024-yildagi eng yaxshilarini aniqlashda to‘plangan ballar jadvali quyidagicha:

“Yilning eng yaxshi futzal murabbiyi”

  • 1. Nodir Eliboyev – 1) 60; 2) 1; 3) 0 — 182 ball
  • 2. Fuzuli Xayrulloyev – 1) 1; 2) 36; 3) 24 — 99 ball
  • 3. Aleksandr Petrov – 1) 0; 2) 24; 3) 37 — 85 ball

“Yilning eng yaxshi futzalchisi”

  • 1. Husniddin Nishonov – 1) 21; 2) 11; 3) 13 — 98 ball
  • 2. Akbar Usmonov – 1) 11; 2) 17; 3) 6 — 73 ball
  • 3. Abror Ahmedziyanov – 1) 12; 2) 10; 3) 12 — 68 ball
  • 4. Ilhom Hamroyev – 1) 8; 2) 8; 3) 9 — 49 ball
  • 5. Dilshod Rahmatov – 1) 7; 2) 7; 3) 8 — 43 ball
  • 6. Mashrab Adilov – 1) 0; 2) 5; 3) 8 — 18 ball
  • 7. Sunnatilla Jo‘rayev – 1) 2; 2) 3; 3) 5 — 17 ball

“Yilning eng yaxshi murabbiyi”

  • 1. Timur Kapadze – 1) 41; 2) 14; 3) 7 — 158 ball
  • 2. Ro‘ziqul Berdiyev – 1) 20; 2) 33; 3) 9 — 135 ball
  • 3. Mirjalol Qosimov – 1) 1; 2) 15; 3) 46 — 79 ball

“Yilning eng yaxshi futbolchisi”

  • 1. Abbos Fayzullayev – 1) 30; 2) 20; 3) 8 — 138 ball
  • 2. Abduqodir Husanov – 1) 26; 2) 24; 3) 11 — 137 ball
  • 3. O‘tkir Yusupov – 1) 2; 2) 5; 3) 13 — 29 ball
  • 4. Akmal Mozgovoy – 1) 3; 2) 3; 3) 4 — 19 ball
  • 5. Husniddin Aliqulov – 1) 1; 2) 2; 3) 10 — 17 ball
  • 6. Abduvohid Ne’matov – 1) 0; 2) 4; 3) 8 — 16 ball
  • 7. Anvar Hojimirzayev – 1) 0; 2) 4; 3) 7 — 15 ball
  • 8. Jamshid Iskanderov – 1) 0; 2) 0; 2) 1 — 1 ball

Abbosbek Fayzullayev haqida

Ma'lumot uchun, Abbosbek Fayzullayev O‘zbekistonning 2024-yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning SSKA klubi a’zosi Abbos Fayzullayev joriy yil Osiyo qit’asida yilning eng yaxshi yosh futbolchisi, deb e’tirof etilib, maxsus sovrin bilan taqdirlandi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayev qit’ada yilning eng yaxshi yosh futbolchisi, deb e’tirof etilib, maxsus sovrin bilan taqdirlandi. Abbos O‘zbekistondagi eng qimmat ikkinchi futbolchi hisoblanadi. Transmarket portali unga 8 million yevro narx belgilagan. Timur Kapadze jamoasining asosiy “figura”laridan biri bo‘lgan Abbosbek U23 Osiyo chempionatida 3 ta o‘yin o‘tkazdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Shuningdek, u Olimpiyada o‘yinlarida terma jamoamiz bilan birga barcha o‘yinlarda maydonga tushdi. Shuningdek, u RPLning ortda qolgan mavsumida SSKA jamoasi sfida 32 o‘yinda ishtirok etib, 5 ta gol hamda 9 ta assist natijasini qayd etga bo‘lsa, joriy mavsumda bugungi kunga qadar 23 o‘yinda 3 ta go‘l va 6 ta assit berishga muvaffaq bo‘ldi. Milliy terma jamoa safida esa turli musobaqalarda 17 o‘yinda 5 ta gol va 1 ta assist berishga muvaffaq bo‘ldi.

Yilning eng yaxshi murabbiyi

O‘zbekistonning 2024-yildagi eng yaxshi murabbiyi ilk marotaba Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, jamoasi bilan birgalikda tarixiy natija qayd etgan O‘zbekiston U23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze deb topildi.

Barcha yil laureatlari

Taqdirlash marosimida qolgan yo‘nalishlarda ham yilning eng yaxshilar aniqlandi.

  • Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi — Muhammadyusuf Sobirov ("So‘g‘diyona")
  • Yilning eng yaxshi hakami — Ilgiz Tantashev
  • Yilning eng yaxshi futzal murabbiyi — Nodir Eliboyev (BMB)
  • Yilning eng yaxshi futzalchisi — Husniddin Nishonov ("Viten", Belarus)
  • O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi — Diyora Habibullayeva ("Trabzonspor", Turkiya)
  • Eng yaxshi murabbiy — Vladislav Xan ("Sevinch")

Shuningdek O‘FA ikki yo‘nalishda ham g‘oliblarga sovrin topshirdi:

  • Oliy liga to‘purari — Lyudmila Karachik ("Sevinch")
  • Oliy liganing eng yaxshi futbolchisi — Maftuna Shoyimova ("Sevinch")

Ushbu havola orqali sport jurnalistlari qaysi nomzodlarga ovoz berganini bilib olishingiz mumkin.

Теги :
Jamiyat