O‘zbekistonda soliq to‘lovchilar 6 oyda 13 trln. so‘mdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalandi
Eng ko‘p soliq imtiyozi QQSda foydalanilgan - 6,4 trln. so‘m.
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda soliq to‘lovchilar 6 oyda qancha soliq imtiyozlaridan foydalangani ma’lum qilindi.
6 oyda 13 trillion so‘mlik imtiyozlar
2024-yilning yanvar-iyun oylarida 138 826 ta tashkilot 13,3 trln so‘m miqdorda soliq imtiyozlaridan foydalangan.
Shu bilan birga:
2 713 ta korxona moliyaviy xizmatlar bo‘yicha 9,7 trln so‘mdan ortiq QQSsiz operatsiyalar amalga oshirgan;
6 404 ta korxona 16 trln so‘m miqdorida QQS "nol" stavkasini qo‘llagan. Bu haqida soliq qo‘mitasi xabar bergan.
Turlar kesimida foydalanish holatlari
Soliq turlari kesimida foydalanilgan soliq imtiyoz summalari:
QQS – 6,4 trln so‘m;
yer solig‘i – 1,9 trln so‘m;
foyda solig‘i – 2,4 trln so‘m;
ijtimoiy soliq – 1,3 trln so'm;
mol-mulk solig‘i – 803 mlrd so‘m;
JShODS – 544 mlrd so‘m
AOS – 85,2 mlrd so‘m;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 19,9 mlrd so‘m.
Xalqaro ekspertlar xulosasiga asosan, QQS bo‘yicha moliyaviy xizmatlar va nol stavka hisobi alohida yuritiladi.
1 oylik farq 2 trillion so‘mdan oshiq
Soliq imtiyozlaridan foydalanish holatlari 5 oyda 10,6 trln. so‘mni tashkil etgan edi. Bu yana bir oyning o‘zida 3 trillionga yaqin yana soliq imtiyozlaridan foydalanilgan degani.
O‘tgan oylarda ham eng yuqori soliq imtiyozi QQSda foydalanilgan bo‘lib, 5,4 trln. so‘mni tashkil etgan edi.



