$
 12618.26
14.54
 13675.67
29.62
 142.90
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°

I yarim yillikda 150 nafarga yaqin soliq inspeksiyasi xodimiga intizomiy choralar ko‘rildi

Kudbiyev

Bugun Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev rahbarligida, kengaytirilgan Hay'at majlisi boʻlib oʻtgan. Unda 2024-yil I yarim yillik yakuni tanqidiy ravishda sarhisob qilinib, III chorakda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar belgilab berilgan.

Soliq tushumlari

Yigʻilishda joriy yilning I yarim yilligida byudjetga 85,8 trln soʻm miqdorida soliq tushumlari ta'minlanib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 12,5 foizga, hududlarda 24,4 foizga, tumanlarda 37 foizga oʻsgani qayd etilgan.

Yer soligʻi 31,2 foizga o‘sgan

Mol-mulk soligʻi tushumlari 37,6 foiz, yer soligʻi 31,2 foiz, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 21 foiz, AOS 19 foiz va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 18 foizga oʻsganligi qayd etilgan.

Pensiya jamg‘armasi

Hududlarda foyda soligʻi tushumi 32,3 foiz va QQS 20,6 foizga oʻsdi. Pensiya jamgʻarmasiga 23,1 trln soʻm tushirilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,1 trln soʻmga (16 foiz) oshgan.

“DSB ma’murchiligi”

“2024-yil mart-iyun oylarida maʼmurchilik boʻyicha 552,5 mingta vazifalar bajarildi, Barqarorlik reytingi "BB"dan yuqori boʻlganlar soni 15,5 mingtaga (71 %) oshdi hamda 2,1 trln soʻm qoʻshimcha manba yaratildi.

Shu bilan birga, ayrim hududlar va sohalarda iyun oyi yakunlariga koʻra, “DSB ma'murchiligi” dasturi asosida “korxonabay” ishlash tizimi samaradorlik koʻrsatkichi past boʻlgani tanqid ostiga olindi. Masalan, Jizzaxda 54,8 ball, Qashqadaryoda 57,1 ball, Navoiyda 58,2 ball, Andijonda 58,7 ball va Sirdaryoda 59 ballni tashkil etdi”, - deyiladi xabarda.

“Mahallalarda soliq organlari faoliyati” tizimi

Joriy yil iyun oyida respublikaning samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) 88,7 balni tashkil etib, 90 balldan oshgan inspeksiyalar soni 100 ta (48%)ga, xodimlar soni 1 617 nafar (37%)ga yetdi.

25 nafar mas'ullar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi

Shuningdek yigʻilishda xizmat vazifasini bajarish va soliq ma'murchiligini ta'minlashda jiddiy xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlar faoliyati jiddiy tanqid qilinib, tashkiliy masalalar koʻrib chiqilgan.

Jumladan, berilgan ogohlantirishlar, profilaktik suhbatlar, koʻrilgan intizomiy choralardan xulosa chiqarmasdan xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan hamda belgilangan samaradorlik koʻrsatkichlari past boʻlgan Qashqadaryo, Andijon, Fargʻona viloyati soliq boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosarlari, Paxtaobod, Izboskan, Sharof Rashidov va Yangi Namangan tumani soliq inspeksiyasi boshliqlari hamda 25 nafar mas'ullar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

150 nafarga yaqin xodimga intizomiy choralar belgilandi 15 nafar xodimning unvoni 1 pogʻonaga pasaytirildi.

Aniq muddatli vazifalar

Yigʻilishda hududiy soliq organlari va markaziy apparat rahbar hamda masʼulllarning hisobotlari eshitilib, III chorakda soliq tushumlarini kamida 20 foizga oshirish, qoʻshimcha manbalarni jalb etish, soliq toʻlovchilarga koʻmaklashish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda soliqsiz tushumlarni taʼminlash boʻyicha tegishli organlar bilan hamkorlik samaradorligini yanada oshirish, korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik va sohani raqamlashtirishni izchil davom ettirish yoʻnalishlarida aniq muddatli vazifalar belgilab olindi.

Теги :
Жамият