Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 90 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +8°

3 ta viloyatda soliqchilar ishdan olindi

Soliq qo‘mitasida joriy yilning 1-yarim yillik yakuni va 3-chorakdagi vazifalar yuzasidan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.

2 daqiqa o‘qiladi

3 ta viloyatda soliqchilar ishdan olindi

Soliq qo‘mitasida joriy yilning 1-yarim yillik yakuni va 3-chorakdagi vazifalar yuzasidan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.

Soliq tushumlari ortgan

Bo‘lib o‘tgan majlisda bildirilishicha, joriy yilning 1-yarim yilligida byudjetga 85,8 trln so‘m miqdorida soliq tushumlari ta’minlanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,5 foizga, hududlarda 24,4 foizga, tumanlarda 37 foizga o‘sgan.

Mol-mulk solig‘i tushumlari esa 37,6 foiz, yer solig‘i 31,2 foiz, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 21 foiz, AOS 19 foiz va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 18 foizga o‘sgan.

Xususan, hududlarda foyda solig‘i tushumi 32,3 foiz va QQS 20,6 foizga o‘sdi. Pensiya jamg‘armasiga 23,1 trln so‘m tushirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,1 trln so‘mga (16 foiz) oshganligi aytildi.

Bir qator mansabdorlar lavozimidan ozod etildi

Yig‘ilishda, shuningdek, xizmat vazifasini bajarish va soliq ma’murchiligini ta’minlashda jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlar faoliyati jiddiy tanqid qilinib, tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, berilgan ogohlantirishlar, profilaktik suhbatlar, ko‘rilgan intizomiy choralardan xulosa chiqarmasdan xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hamda belgilangan samaradorlik ko‘rsatkichlari past bo‘lgan Qashqadaryo, Andijon, Farg‘ona viloyati soliq boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosarlari, Paxtaobod, Izboskan, Sharof Rashidov va Yangi Namangan tumani soliq inspeksiyasi boshliqlari hamda 25 nafar mas’ullar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Shu bilan birga, 150 nafarga yaqin xodimga intizomiy choralar belgilandi 15 nafar xodimning unvoni 1 pog‘onaga pasaytirildi.

Yig‘ilishda hududiy soliq organlari va markaziy apparat rahbar hamda mas’ullarning hisobotlari eshitilib, 3-chorakda soliq tushumlarini kamida 20 foizga oshirish, qo‘shimcha manbalarni jalb etish, soliq to‘lovchilarga ko‘maklashish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda soliqsiz tushumlarni ta’minlash bo‘yicha tegishli organlar bilan hamkorlik samaradorligini yanada oshirish, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik va sohani raqamlashtirishni izchil davom ettirish yo‘nalishlarida aniq muddatli vazifalar belgilab olindi.