1 015 ta tadbirkorlik subyektida soliq auditi oʻtkazildi
Oʻtkazilgan soliq auditlarida 323 ta soliq toʻlovchida 4 149,1 mlrd. soʻmlik soliq bazasi yashirilganligi aniqlandi.
2 daqiqa o‘qiladi

Bugungi kunda, aniqlangan soliq summalaridan toʻlov muddati kelganlarning 14,2% i toʻlab berildi.
1 015 ta tadbirkorlik subyektida soliq auditi
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida soliq xizmati organlari tomonidan soliqlarni toʻlamaslik xavfi yuqori boʻlgan 1 015 ta tadbirkorlik subyektida soliq auditi oʻtkazildi. Bu ushbu davrda faoliyat koʻrsatgan jami soliq toʻlovchilarning (547,4 ming) 0,18 foizini tashkil etadi.
- Aniqlangan soliq xavfi summasi – 1 951,2 mlrd. soʻm;
- Soliq auditida aniqlangan summa – 2 681 mlrd. soʻm.
Aniqlangan summalar sohalar kesimida
Soliq auditida aniqlangan summa sohalar kesimida:
- savdo va umumiy ovqatlanish sohasida – 1 832 mlrd. soʻm (68,3%);
- qurilish sohasida – 379,2 mlrd. soʻm (14,2%);
- ishlab chiqarish sohasida – 193,9 mlrd. soʻm (7,2%);
- xizmat koʻrsatish sohasida – 65,4 mlrd. so‘m(2,4%);
- qishloq xoʻjaligi sohasida – 98,5 mlrd. soʻm (3,7%);
- transport sohasida – 21,1 mlrd. soʻm (0,8%);
- boshqa sohalarda – 90,9 mlrd. soʻm (3,4%).
Yashirilgan 4 149,1 mlrd. soʻmlik soliq bazasi
Oʻtkazilgan soliq auditlarida 323 ta soliq toʻlovchida 4 149,1 mlrd. soʻmlik soliq bazasi yashirilgan:
176 ta subyektda 2 016,2 mlrd. soʻmlik realizatsiya qilingan tovarlar summasi koʻrsatilmagan;
73 ta subyektda 1 128,2 mlrd. soʻmlik tovarlar inventarizatsiya paytida ombor yoki realizatsiya joyida mavjud boʻlmagan;
74 ta subyektda 1 004,7 mlrd. soʻmlik kirim qilinmagan tovarlar saqlangan va (yoki) realizatsiya qilingan.
Bugungi kunda, aniqlangan soliq summalaridan toʻlov muddati kelganlarning 14,2% toʻlab berildi.



