$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Soliq qo‘mitasi fuqarolarni yolg‘on xabardan ogohlantirmoqda

soliq

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat soliq xizmati belgisi bilan reklamalar tarqalmoqda, bunda foydalanuvchilarga to‘langan soliq va jarimalarning 80 foizini “Soliq ilovasi” orqali qaytarish mumkinligi ko‘rsatilgan.

Soliq xizmatlari Soliq mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi

Soliq qo‘mitasi bu “fake”- yolg‘on maʼlumotligi haqida rasmiy xabar beradi.

Shuningdek, qo‘mitaning xabar qilishicha, xarid uchun keshbek, soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlik uchun mukofot, soliqlar bo‘yicha ortiqcha to‘lovlarni qaytarish va boshqa soliq xizmatlari Soliq mobil ilovasi orqali Face IDdan o‘tib amalga oshiriladi.

Qo‘mita nomi bilan amalga oshirilgan firibgarliklar

Avval ham Davlat soliq qoʻmitasi nomidan soxta xabarlar tarqatilgan holatlar kuzatilgan. Masalan, 2024-yil oktabr oyida Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev nomidan Telegram orqali soxta xabarlar yuborilgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu holatda firibgarlar uning nomidan ayrim shaxslarga xabarlar joʻnatgan.

Shuningdek, 2024-yil oktabr oyida firibgarlar davlat rahbarining fotosuratidan foydalanib, investitsiya kiritish orqali katta daromad olish mumkinligi haqida yolgʻon xabarlar tarqatgani aniqlangan edi.