$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

O‘tgan yilda soliq huquqbuzarliklari haqida 99 mingdan ortiq murojaat yo‘llandi

soliq

 “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi 2024-yilda soliq huquqbuzarliklariga qarshi kurashda asosiy platformaga aylandi. Fuqarolarning xabarlari asosida minglab tekshiruvlar o‘tkazilib, katta miqdordagi jarimalar undirilgan

Soliq huquqbuzarliklariga oid murojaatlar

2024-yil davomida kelib tushgan murojaatlar quyidagicha taqsimlandi:  

90 216 tasi xarid cheki bermaslik;

4 273 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;

212 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;

4 427 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

Ko‘rib chiqilmagan murojaatlar sabablari

Kelib tushgan murojaatlarning 54 435 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli ko‘rib chiqilmagan.

Murojaatlar asosida 37 897 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99% holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.  

Mukofotlangan fuqarolar

Soliq qonunchiligini buzganlik haqida xabar bergan fuqarolarga 33 053 ta holat bo‘yicha mukofot to‘landi. Jami to‘langan mukofot summasi 22,8 milliard so‘mni tashkil etdi. Ushbu mukofotlar undirilgan jarima summasining 20 foizini tashkil qiladi.

Теги :
Jamiyat