Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +9°

Joriy yilning 11 oyida qaysi korxona eng ko‘p soliq to‘ladi?

Davlat Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2024-yil yanvar-noyabr oylarida xizmat ko‘rsatish korxonalari tomonidan to‘langan soliqlar 32 trillion so‘mdan oshdi.

1 daqiqa o‘qiladi

Joriy yilning 11 oyida qaysi korxona eng ko‘p soliq to‘ladi?

2024-yilning dastlabki 11 oyi davomida xizmat ko‘rsatish sohasidagi 167 mingdan ortiq yuridik shaxslar tomonidan davlat g‘aznasiga jami 32 trillion 61 milliard so‘m soliq tushumi ta’minlandi. Bu ko‘rsatkichning 20,6 foizi TOP-20 korxonalarga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, xizmat ko‘rsatish sohasida 4 trillion 728 milliard so‘mlik soliq imtiyozlari qo‘llanilgan.

Eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar ro‘yxati

“O‘zbektelekom” AJ yil davomida 1,24 trillion so‘m soliq to‘lab, sohada eng ko‘p soliq to‘lagan korxona bo‘ldi.

“Asia Trans Gas” MCHJ 938,5 milliard so‘m soliq to‘lash bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.

“GID Lise Plate” MCHJ XK 762,1 milliard so‘m soliq to‘lovi bilan uchinchi pog‘onada joylashdi.

Shuningdek, “Uzbekistan Airways”, “Unitel”, va “Coscom” kabi yirik kompaniyalar ham eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar qatoridan joy oldi.

Soliq turlarining taqsimoti

Xizmat ko‘rsatish sohasidan tushgan soliqlar asosan quyidagi turlarga taqsimlangan:

  • Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) – 1,7 trillion so‘m
  • Foyda solig‘i – 1,7 trillion so‘m
  • Aksiz solig‘i – 932,1 milliard so‘m
  • Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JShODS) – 807,7 milliard so‘m
  • Ijtimoiy soliq – 781,7 milliard so‘m
  • Mol-mulk solig‘i – 262,3 milliard so‘m
  • Yer solig‘i – 93,2 milliard so‘m
  • Boshqa soliqlar – 303 milliard so‘m