$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Nodavlat ta’lim muassasalariga soliq imtiyozlari berilmoqda

ta

O‘zbekiston soliq tizimida muhim o‘zgartirishlar kiritildi. Yangi qabul qilingan qonun (O‘RQ-1013-son, 24.12.2024 y.) byudjet tashkilotlari, nodavlat ta’lim muassasalari va bir qator iqtisodiy faoliyat sohalariga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishni nazarda tutadi.

Byudjet tashkilotlari uchun yangi tartiblar

Qonunga ko‘ra, qo‘shimcha manbalardan daromad oluvchi byudjet tashkilotlari uchun belgilangan soliq stavkalarining amal qilishini 2027 yilning 1-yanvarigacha uzaytirilmoqda. 

Shuningdek, jami daromadning chegaraviy miqdorini 5 milliard so‘mdan 10 milliard so‘mga oshirish, ushbu daromad mavjud bo‘lganda soliq to‘lovchilar har oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘liq chorak o‘tganidan keyin to‘lashini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Prezident yoki Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan beriladigan byudjet subsidiyalari jami daromad tarkibiga kiritilmasligini belgilovchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Nodavlat ta’lim muassasalariga soliq imtiyozlari

Bundan tashqari o‘z mablag‘lari hisobidan nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining binolarini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarga nisbatan foyda solig‘i bo‘yicha vaqtinchalik (2025-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvargacha) soliq imtiyozlari berilmoqda. 

Maxsus imtiyozlar va QQSdan ozod qilish

Shuningdek, belgilangan ro‘yxat bo‘yicha protez moslamalari va ularning butlovchi, ehtiyot qismlarini O‘zbekistonga olib kirish (2027-yil 1-yanvargacha) hamda O‘zbekiston rezidentlari bo‘lgan vagonlar (konteynerlar) operatorlarining temir yo‘l transportida tashish jarayonida vagonlarni (konteynerlarni) ijara shartlari asosida foydalanishga berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish aylanmasi QQSni to‘lashdan vaqtinchalik (2024-yil 1-noyabrdan 2026-yil 1-yanvargacha) ozod qilinishi nazarda tutilmoqda.

Теги :
Jamiyat