Qurilish korxonalarining soliq qarzdorligi qariyb 750 milliard so‘mga yetdi
Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, shundan 255,1 mlrd. so‘mi, ya’ni 34 foizi soliq qarzi eng yirik bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.
1 daqiqa o‘qiladi

2024-yil 1-dekabr holatiga soliq qarzi 100 million so‘mdan yuqori qurilish korxonalari soni 1 043 taga, ularning jami qarzi esa 749,3 mlrd. so‘mga yetdi.
34 foizi 10 ta korxonada
Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, shundan 255,1 mlrd. so‘mi, ya’ni 34 foizi soliq qarzi eng yirik bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.

Qaysi hududda qarzdor korxonalar ko‘p?
Hududlar kesimida soliq qarzdorligi eng ko‘p bo‘lgan korxonalar ko‘rsatkichlari:
- Toshkent shahri – 258,1 mlrd. so‘m;
- Buxoro viloyati – 78,8 mlrd. so‘m;
- Andijon viloyati – 68,9 mlrd. so‘m.



