$
 12803.81
-19.17
 13677.03
-146.14
 130.64
-0.6
weather
+26
Кечаси   +14°

Fuqarolarning mol-mulk solig‘i stavkalarini 10 foizga oshirish rejalashtirilmoqda

Soliq

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yilga mo‘ljallangan soliq-budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari qabul qilinishi rejalashtirilayotgani munosabati bilan Soliq kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasiga tushuntirishlarni e’lon qildi.

Soliq kodeksining 37 ta moddasiga o‘zgartirishlar

Hujjatda Soliq kodeksining 37 ta va Budjet kodeksining 1 ta moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan.

Xususan, 2025-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkasini 10 foizga oshirish ko‘zda tutilgan. Yangi tariflar quyidagicha bo‘lishi mumkin:

Mol-mulk solig‘i masalasi

2024-yildan boshlab tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan, yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan soliq solinadigan obyektlar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati uchun mo‘ljallangan va/yoki daromad keltiruvchi noturarjoy obyektlari uchun soliq bazasini hisoblash tartibi yuridik shaxslar uchun ham belgilanadi. Ushbu o‘zgarishlar aholining turar joy mulkiga ta’sir qilmaydi.

Noturar obyektlari bo‘yicha soliq stavkasi

Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan noturar obyektlari bo‘yicha soliq bazasini quyidagi o‘lchamlarda (jumladan, yuridik shaxslar uchun) belgilangan 1 kvadrat metr uchun o‘rnatilgan minimal qiymatdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilash taklif etilmoqda:

Toshkentda — 3,3 mln. so‘m (amalda — 3 mln.);

Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 2,2 million so‘m (2 million);

boshqa joylarda — 1,3 million so‘m (1,2 million).

Ko‘chmas mulk qiymatini baholash

Soliq kodeksining 415-moddasiga o‘zgarishlar kiritish orqali yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning 0,6 foiz miqdoridagi pasaytirilgan stavkasi 10 foizga indeksatsiya qilingan holda 0,65 foiz etib belgilanmoqda.

Soliq to‘lovchilar agar obyektning 1 kv.m. hududi belgilangan minimal hajmidan pastroq bo‘lsa soliqqa tortish uchun ko‘chmas mulk qiymatini baholash uchun mustaqil baholovchilarni jalb qilishi mumkin. Bunda mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida tan olinadi.

Mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliq bazasini aniqlash uchun jismoniy shaxslar oxirgi 2 yil davomida baholash tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan ko‘chmas mulkni baholash natijalaridan foydalanishi mumkin.

O‘zgarishsiz qolayotgan soliq stavkalari

2025-yil uchun belgilangan soliq siyosatida asosiy soliq stavkalari qoʻshilgan qiymat soligʻi – 12 foiz, foyda soligʻining bazaviy stavkasi – 15 foiz, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi – 12 foiz, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi – 1,5 foiz, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun yer soligʻi – 0,95 foiz, qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 1 kub. metrga – 100 soʻm, ijtimoiy soliq – 12 foiz (byudjet tashkilotlari – 25%), aylanmadan olinadigan soliq – 4 foiz miqdorida oʻzgarishsiz qoldirilmoqda.

Теги :
Jamiyat