$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Aktyor Farruh Soipov ekstremist sifatida malakalanayotgani aytilmoqda

Farruh Soipov

Ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq megayulduz O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, terrorist sifatida malakalangan shaxsning izdoshi sifatida ko‘rilmoqda. 

O‘zbekistonda faoliyati taqiqlangan shaxslar

Uzdiplomat nashrining manbalaridagi aniq ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq aktyor Farruh Soipov (Shayx) Sodiq Samarqandiy izdoshi sifatida ko‘rilmoqda. Sodiq Samarqandiy faoliyati O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, terrorist sifatida malakalanadi va unga nisbatan jinoiy jazo nazarda tutilgan. Ayni payt quyidagi shaxslarning faoliyatiga oid videolarini tarqatish, layk bosish va ularni saqlash jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin:

  • Sodiq Samarqandiy;
  • Abdullox Zufar;
  • Yusuf Davron;
  • Farruh Soipov.

O‘zbekiston qidiruv e’lon qilgan shaxslar

Ma’lumot uchun, Ichki ishlar vazirligi xalqaro ekstremistik guruhlar faoliyatiga qo‘shilib, ularning harakatlarida ishtirok etayotgan, milliy va umuminsoniy xavfsizlikka raxna solayotgan shaxslar sifatida O‘zbekiston tomoni Sodiq Samarqandiy, Abdullox Zufar, Yusuf Davronga nisbatan qidiruv e’lon qilgan.

Фаррух Саипов (Farrukh Soipov) - актёр, режиссёр - фотографии - режиссёры  Ближнего Зарубежья - Кино-Театр.Ру

Ijodiy faoliyat

Farruh Soipov 1984-yilning 25-sentyabrida Toshkent shahrida tavallud topgan. Farruh yoshligidan sahnani orzu qilgan va maktab xorida qo‘shiq kuylab yurgan. Ammo maktabdan keyin yuridik oliygohga o‘qishga kirgan. Farruh Soipov ilk rolini “Marjona“ filmida ijro etgan. Shu filmdan so‘ng u alohida aktyorlik mahoratlari kurslarida o‘qigan. Keyinchalik AQShga borib, maxsus kinematografiya kurslarida tahsil olgan. Farruh Soipovning birinchi taniqli filmi “Kelgindi kuyov“ bo‘lgan. Bu filmda u AQShdan kelgan talaba yigit rolini ijro etgan. Uning ilk rejissyorligidagi film esa “Qalbim o‘g‘risi“ bo‘lib, unda o‘zi ham rol ijro etgan. Farruh Soipov drama, melodrama, komediya va jangari filmlarda turli obrazlar yaratdi. Ulardan “Qalbim o‘g‘risi“, “Feride“, “Sug‘diyona“, “Oshiqlar“, “Panox“, “Kelgindi kelin“, “Osiy banda, 2011“, “Nafs“, “Muhabbatnoma“ va boshqalar bor. Bundan tashqari Farruh Soipov xonandalik borasida ham o‘zini sinab ko‘rgan. Ijodida “G‘ozal bu dunyo“, “Sen kechir“, “Nafs“ kabi qo‘shiqlari mavjud

Kinodan butunlay voz kechgan Farruh Soipov nima bilan tirikchilik  qilayotganini ma'lum qildi (video) — Daryo Yangiliklari

Soipov faoliyatidagi burilish

2017-yilda u san’atni tark etgan. “Sayyod.com“ sayti muallifi uning san’atdan ketish sababini quyidagicha izohlagan: “Farruhning dunyoqarashi so‘nggi yillarda ancha teranlashib, u ko‘p narsani o‘ziga ep ko‘rmaydigan bo‘la boshlagan edi. Shuning uchun ham uning bu qarori to‘g‘ri”. Javohir Zokirov esa bu haqida quyidagi fikrlarni aytgan: “O‘sha paytda u ruhiy tushkunlikka tushib qolgandi. Kinoda kelajagini ko‘rolmay, hafsalasiz bo‘lib qolganini sezish qiyin emasdi. Hatto kinoga tushishni ham xohlamay qolgandi. Shunda Farruhga “Film tarixda qoladi, odamlar ko‘radi. Keyinchalik uni ko‘rib afsuslanmaslik uchun rolni maromiga yetkazib ijro etgin. Odamlar ko‘rib, mana o‘zbeklar ham shunaqa zo‘r kino olishibdi, deyishsin”, deganman”. Ma'lumot uchun, san’atni tark etganidan keyin u tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga o‘tgan. U bundan keyin ancha vaqt ekranlarda ko‘rinish bermagan.

Теги :
Jamiyat