Elektr montaj, kibersport, haydovchilik, temirchilik: ayollar orasida ommalashib borayotgan faoliyat turlari tahlil qilindi
Yosh boʻyicha tahlil qilinganda esa oʻzini-oʻzi band qilgan ayollarning 30 yoshgacha boʻlganlari 19 foizni, 30–55 yoshgacha boʻlganlari 78 foizni, 55-65 yoshgacha boʻlganlari esa 3 foizni tashkil etgani maʼlum boʻldi.
1 daqiqa o‘qiladi

Faoliyat turlari bo‘yicha ayollarning o‘zini-o‘zi band qilishi tahlil qilindi.
Qaysi faoliyat turlari ommalashmoqda?
Unga ko‘ra, quyidagi faoliyat turlari ayollar orasida kundan-kunga ommalashib bormoqda:
- mebel taʼmirlash;
- elektr montaj ishlari;
- metall buyumlarini taʼmirlash;
- temirchilik mahsulotlarini ishlab chiqish;
- poyabzal va galantereya buyumlarini taʼmirlash;
- loydan tandir tayyorlash;
- kulolchilik;
- teri xomashyosini yigʻish va tayyorlash;
- kibersport.
Sohalar kesimi tahlili
Soha kesimida tahlil qilinganda, oʻzini-oʻzi band qilgan ayollarning 45 foizi maishiy xizmat koʻrsatishda, 19 foizi qishloq xoʻjaligida, 14 foizi ijtimoiy yoʻnalishda, 10 foizi xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqarishda, 9 foizi sanoat yoʻnalishida, 3 foizi axborot-kommunikatsiya yoʻnalishida va boshqa sohalarda ishlayotgani aniqlangan.
Maqolada yozilishicha, oʻtgan 2024-yilda ayollarning faolligi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish, maishiy xizmatlar, axborot-kommunikatsiya sohasida sezilarli darajada oʻsgan. Bundan tashqari, oʻtgan yili 202 ming nafardan ortiq xotin-qiz yengil avtotransportlarda yoʻlovchi tashish faoliyati boʻyicha oʻzini-oʻzi band qilgan.
Yosh boʻyicha tahlil qilinganda esa oʻzini-oʻzi band qilgan ayollarning 30 yoshgacha boʻlganlari 19 foizni, 30–55 yoshgacha boʻlganlari 78 foizni, 55-65 yoshgacha boʻlganlari esa 3 foizni tashkil etgani maʼlum boʻldi.



