$
 12618.63
-49.51
 14516.47
-124.1
 160.83
-0.32
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Soch to‘kilishi organizmda qaysi a’zo faoliyati ishdan chiqqanidan darak beradi?

soch

So‘nggi paytlarda iqlim o‘zgarishi va havoning ifloslanishi tufayli bir qancha mavsumiy yoki doimiy xastaliklar ko‘paymoqda. Bu holat nafaqat ichki organizmga balki sochlarga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Xo‘sh, sochlarning to‘kilishi organizmda qaysi a’zo ishlamayotganidan darak beradi? Endokrinologlar shu haqida ma’lumot berishdi.

Qalqonsimon bez bilan bog‘liq kasalliklardan ko‘proq ayollar aziyat chekishmoqda

Ma’lum bo‘lishicha, qalqonsimon bez bu ichki sekretsiya bezi bo‘lib, u butun tanani boshqaradigan va umumiy salomatlik uchun muhim bo‘lgan gormonlarni ishlab chiqaradi. Amerikaning qalqonsimon bez kasalliklari uyushmasi qayd etishicha, ushbu organ haddan tashqari faol yoki aksincha, o‘ta sust ishlashi mumkin.

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, qalqonsimon bez bilan bog‘liq kasalliklardan erkaklarga qaraganda ayollar ko‘proq aziyat chekadi.

Tanada qalqonsimon bez gormoni me’yoridan ortiq ishlab chiqarilsa, unda gipertireoz, agar ishlab chiqariladigan gormonlar miqdori juda kam bo‘lsa, gipoterioz kasalligi rivojlanadi. Tanadagi bunday o‘zgarishlar butun organizm faoliyatiga ta’sir qiladi. Quyida esa gormonlarning sochlar salomatligidagi o‘rni va u bilan boo‘liq xastaliklar haqida so‘z boradi.

 Sochlarning quruq va dag‘alligi qalqonsimon bez funksiyasining buzilganligidan dalolatdir

Shuningdek, qalqonsimon bez funksiyasining buzilishi sochlarning quruq, dag‘al yoki mo‘rt bo‘lishiga yoki aksincha, sochlarning juda yumshoq va siyraklashib ketishiga olib keladi.

Ushbu holat uchun T3 va T4 nomli gormonlar javobgardir. Ularning darajasi normal ko‘rsatkichda bo‘lmasa, qon tomirlari orqali oziqlanadigan soch follikulalarining ildizida yangi tolalar rivojlanmay qoladi. Britaniya qalqonsimon bez kasalliklari fondi bu holatni quyidagicha tushuntiradi:

O‘choqli alopetsiya alohida-alohida joylarda, ko‘pincha dumaloq shaklda hosil bo‘ladigan kallikdir. Ko‘p hollarda bu vaqtinchalik va progressiv davom etmaydigan kasallik bo‘lib, o‘z vaqtida davo chorasi qo‘llanganda bartaraf etiladi, biroq sezilarli darajada soch to‘kilishiga olib keladi.

Giper va gipotireoz kasalliklari tanada aniqlanganda zudlik bilan shifokor ko‘rigiga borish lozim

Shuning bilan birga, androgenga bog‘liq alopetsiya 95 foiz bemorda, asosan, androgenetik ko‘rinishda uchraydi. Unda davomli soch to‘kilishi kuzatilib, nasldan naslga o‘tishi ham mumkin, tamoman o‘smay qolguniga qadar esa vaqt o‘tishi bilan soch tolasi mo‘rtlasha boradi.

Giper va gipotireoz kasalliklari keng ko‘lamli muammolarni olib kelishini hisobga olgan holda, endokrinolog shifokorga tashrifni kechiktirmaslik kerak.