Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +23° kechasi +9°

Buzuq axloqi uchun ishdan olingan Andijonning sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi

Bu haqda 17-avgust kuni Andijon shahar hokimi G‘ofur Abdurahmonov tegishli qarorni imzolagan.

1 daqiqa o‘qiladi

Buzuq axloqi uchun ishdan olingan Andijonning sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi

Andijon shahri sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Aynan shu sohada hayfsan olgan edi

Bu haqda 17-avgust kuni Andijon shahar hokimi G‘ofur Abdurahmonov tegishli qarorni imzolagan.

Ma’lumot uchun, Dilmurod Rahmatullayev 2018-yilning aprelida bosh vazir ishtirokida o‘tkazilgan videoselektorda shahar ko‘chalarini obodonlashtirish uchun, byudjet tashkiloti xodimlari, jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini tadbirkorlardan gul va daraxt ko‘chatlarini ancha qimmat narxga sotib olishga majburlagani uchun hayfsan olgan, bosh vazir u oxirgi marta ogohlantirilayotganini ma’lum qilgandi.

Sobiq hokimning “shonli” o‘tmishiga nazar

Turli yillarda ta’lim tizimida turli lavozimlarda ishlagan, bir muddat Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasini boshqargan Dilmurod Rahmatullayev 2016-2019-yillarda Andijon shahar hokimi lavozimini egallab kelgan. U 2017-yilning kuzida Andijon shahridagi qator ta’lim muassasalarining rahbarlarini nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgani tasvirlangan audioyozuvlar tarqalib ketganidan keyin internetda mashhur bo‘lgan (o‘shanda hokim 5,1 mln so‘m jarimaga tortilgandi), 2019-yilda esa axloqsiz tasviri ortidan ishdan olingandi.