Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +17° kechasi +9°

Eng ommabop smartfonlar o‘nligi e’lon qilindi

Joriy yilgi reytingda premium toifadagi smartfonlar soni 5 taga yetgan

2 daqiqa o‘qiladi

Eng ommabop smartfonlar o‘nligi e’lon qilindi

Counterpoint Research’ning uchinchi chorak statistik ma’lumotlari e’lon qilindi.

Iphone bu yil ham birinchilikni bermadi

Yetakchi o‘rinlardan an’anaviy ravishda Apple qurilmalari joy olgan – iPhone 15, iPhone 15 Pro Max va TOP-3ni Iphone 15 Pro yakunlab bergan. Mos ravishda, o‘tgan yili ham Apple’ning 14 modeli TOP-3’ni band qilgan edi – iPhone 14, iPhone 14 Pro Max va Iphone 14 Pro. Iphone har yili modellarini hamda reytingini yangilab borsa-da, Applega tegishli yana bir smartfon reytingdan joy olgan, faqat pastroq 8-o‘rinda. Bu model o‘tgan yilgi reytingda yetakchi bo‘lgan Iphone 14.

Galaxyning premium reytingda

Shuningdek, keying pog‘onalarda Galaxy’ning bir nechta modellari o‘rin olgan. Lekin, ushbu kompaniyaga tegishli premium hisoblanuvchi birgina model TOP-10 ga kira olgan, xolos. Bu ham bo‘lsa Galaxy S24. O‘tgan yilgi reytingdan Galaxy kompaniyasining hech qanday premium smartfoni joy egallay olmagan.

Galaxy’ning boshqa modellari reytingda:

·      Galaxy A15 4G – 4-o‘rin

·      Galaxy A15 5G – 5-o‘rin

·      Galaxy A35 5G – 6-o‘rin

·      Galaxy A05 – 7-o‘rin

9-o‘rin

Reytingda qolgan 9-o‘rin Redmi kompaniyasining Redmi 13C 4G smartfoniga nasb qildi. O‘tgan yilgi reyting bilan solishtirganda, Redmi o‘z o‘rini yangilay olmagan, lekin smartfon modelini o‘zgartirishga erishgan. 2023-yilgi 9-o‘rin Redmi 12C 4G smartfoniga nasib qilgan edi.