Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 97 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +12° kechasi +8°

Dunyoda “taxtlar o‘yini” boshlanmoqda: O‘rnini bo‘shatayotgan Tryudo, Oxundzoda, Stoltenberg

NATO bosh kotibi va Tolibon yetakchisi qachon iste’foga chiqishini e’lon qilgan bo‘lsa, kanadaliklar bosh vazirining ketishini xohlamoqda. Siyosiy shaxslar dunyosida nima gap?

2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoda “taxtlar o‘yini” boshlanmoqda: O‘rnini bo‘shatayotgan Tryudo, Oxundzoda, Stoltenberg

NATO bosh kotibi va Tolibon yetakchisi qachon iste’foga chiqishini e’lon qilgan bo‘lsa, kanadaliklar bosh vazirining ketishini xohlamoqda. Siyosiy shaxslar dunyosida nima gap?

Haybatulloh Oxundzoda lavozimdan ketishga tayyor

Tolibon oliy rahbari Haybatulloh Oxundzoda undan lavozimidan ketishni so‘rashsa, bunga tayyorligini aytdi. Oxundzoda Qandahor viloyatidagi masjidda tegishli bayonotni bergan. U 23 daqiqalik ma’ruzasida afg‘onlarga musulmonlik mas’uliyatini eslatib, bir necha bor birdamlikka chaqirgan. Fuqarolar va Tolibon rasmiylari o‘rtasidagi kelishmovchiliklardan noroziligini aytgan.

Tolibon yetakchisiga ko‘ra, uni hokimiyatdan chetlatish bo‘yicha birdamlik va kelishuv mavjud bo‘lsa, uni chetlashtirish bo‘yicha har qanday qarorni qabul qiladi.

“Bir kun kelib bir ovozdan iste’foga chiqishimni talab qilishsa, roziman, lekin bo‘linish va ajralishga qarshiman. Agar iste’foga chiqishim bilan odamlar orasiga nifoq urug‘ini sepsam, ular men haqimda umumiy fikrga ega bo‘lmay, bir-birlari bilan janjallasha boshlaydi. Men bunga qarshiman”, — dedi u.

NATO bosh kotibi qachon iste’foga chiqishini aytdi

NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning vakolat muddati shu yilning oktyabrida tugaydi. Bu haqda uning o‘zi brifingda ma’lum qildi.

“NATO bosh kotibi bo‘lish — sharafli, ayniqsa, bu murakkab davrda. Ammo hamma narsaning intihosi bor, mening vakolatlarim oktyabrda tugaydi”, — dedi u.

Alyans yangi nomzodni tanlashga yaqin. Stoltenbergning o‘zi (Niderlandiya bosh vaziri) Mark Ryutteni yaxshi nomzod, dedi.

Stoltenberg NATO bosh kotibi lavozimida 2014-yildan buyon faoliyat yuritmoqda. Uning birinchi vakolat muddati 2022-yil 1-oktyabrida yakuniga yetishi kerak edi, biroq NATO mamlakatlari yetakchilari 2022-yil martidagi sammitda uning mandatini 2023-yilning 30-sentyabrigacha uzaytirishgan, keyinroq bu muddat 2024-yil 1-oktyabriga qadar cho‘zilgandi.

68 foiz kanadaliklar bosh vaziridan norozi

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoni mamlakat aholisining 68 foizi ushbu lavozimda ko‘rishni istamaydi. Global News telekanali buyurtmasi asosida Ipsos tadqiqot kompaniyasi o‘tkazgan ijtimoiy so‘rov shuni ko‘rsatmoqda.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, so‘rovda qatnashganlarning 68 foizi Kanada bosh vaziri hamda yetakchi Liberal partiya lideri Tryudo iste’foga chiqishini xohlaydi.

Alberta provinsiyasi (79 foiz) va mamlakatning Atlantikabo‘yi hududlari (76 foiz)da yashovchilar hozirgi hukumat rahbariga eng kam ishonishadi.