$
 12971.00
-1.08
 13308.25
84.51
 126.04
-0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Baland qavatli binolarga yongʻinlardan xabarlovchi signalizatsiya oʻrnatiladi

signal

Toshkent, Namangan, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Xorazm viloyatlari hududidagi baland qavatli binolar va inshootlarga videokuzatuv qurilmalarini o‘rnatish orqali atrof-muhitni kuzatish va yong‘inlarni barvaqt aniqlash tizimi joriy etiladi. Bu haqda 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida aytib oʻtildi.

Videokuzatuv tizimini yaratish uchun loyiha texnik topshiriq hujjatlari ishlab chiqiladi. Videokuzatuv tizimi va uning texnik dasturiy ta’minoti xarid qilinadi. Videokuzatuv tizimi uskunalari belgilangan joylarga o‘rnatiladi va tizim joriy etiladi.

FVV yagona dispetcherlik xizmatiga ulanadi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi aholi ko‘p yig‘iladigan joylari (aeroport, vokzal, bozorlar, yirik savdo va yopiq turdagi ko‘ngilochar markazlar) bino va inshootlarida yuzaga kelgan yong‘inlardan xabarlovchi signalizatsiya tizimi FVV hududiy quyi yong‘in-qutqaruv qismlarining yagona dispetcherlik xizmatiga ulanadi.

Zaruriy texnik vositalar xatlovdan o‘tkaziladi va o‘rnatiladigan joylar soniga aniqlik kiritiladi. Texnik va dasturiy vositalar uchun texnik topshiriq hujjatlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Texnik va dasturiy vositalar uchun tanlov (tender) savdolari o‘tkaziladi va xarid qilinadi. Texnik va dasturiy vositalar ishlab chiqish va o‘rnatish orqali hududiy tuzilmalarning yagona dispetcherlik xizmatlari bilan bog‘lanadi.

Теги :
Jamiyat