O‘zbekistonda elektron sigaretalar taqiqlanishi mumkin
Deputatlar elektron sigaretalar, tamaki va nikotin iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan boshqa qurilmalarni sotishni butunlay taqiqlashga qaratilgan qonun loyihasini muhokama qilmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

Deputatlar elektron sigaretalar, tamaki va nikotin iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan boshqa qurilmalarni sotishni butunlay taqiqlashga qaratilgan qonun loyihasini muhokama qilmoqda.
Qonun qaysi sababga ko‘ra qabul qilinmoqda?
O‘zLiDeP axborotiga ko‘ra, deputatlar yangi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda. Unga muvofiq O‘zbekistonda elektron sigaretalar taqiqlanishi mumkin. Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda tamaki va nikotin mahsulotlarining “zamonaviy” va “innovatsion” turlari, xususan, nikotinni yetkazib berish moslamalari, elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklar hamda qizdiriladigan tamaki mahsulotlarining mamlakatimizga qonunga xilof ravishda olib kirish holatlari va aylanmasi ortib bormoqda. Bundan tashqari, ushbu mahsulotlarni aholi, ayniqsa, yoshlar orasida iste’mol qilish holatlari ko‘paygan.
Ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanishi kutilmoqda
Ma’lum qilinishicha, ushbu qonun loyihasi bilan respublika hududida ayrim turdagi tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining, shu jumladan, elektron sigaretalarni ishlab chiqarish, tayyorlash, o‘tkazish maqsadida ularni saqlash, tashish yoki o‘tkazish taqiqlanmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga nisbatan ta’sirchan chora sifatida ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanishini nazarda tutilyapti.



