$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda ichimlik suvining sifatini monitoring qiluvchi markazlar tashkil etiladi

Suv

O‘zbekistondagi barcha ichimlik suvi ta’minoti korxonalarida sifat monitoringini yuritish va ma’lumotlarni boshqarish markazlarini yaratish rejalashtirilmoqda. Bu jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.

Ijroga kim masʼul?

Hududlarda ichimlik suv sifati monitoringini yurituvchi markaziy laboratoriya tashkil etish, barcha shahar va tumanlardagi ichimlik suv sifatini nazorat qilish uchun laboratoriyalarga biriktirish yoki hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlari bilan shartnomalar rasmiylashtirish ko‘zda tutilmoqda.

Ichimlik suv sifatini monitoringini yuritadigan laboratoriyalarining texnik jihatdan malakali bo‘lishi lozim.

Ijro uchun asosiy mas’ul etib “O‘zsuvta’minot” belgilandi.

Ichimlik suvi sifati qanday boʻlishi kerak?

Birinchi navbatda tanlangan suv manbalari davlat standarti O‘zDSt 951:2011 “Markazlashtirilgan xo‘jalik-ichimlik suvi bilan ta’minlash manbalari, gigiyenik, texnikaviy talablar va tanlash qoidalari” talablariga javob berishi shart. 

Agar tanlangan suv manbalaridagi sifat ko‘rsatkichlari gigiyenik talablarga javob bermasa, u holda suvlar maxsus tozalash inshootlarida bosqichma-bosqich qayta tozalanadi.

Теги :
Jamiyat