$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Sun’iy intellekt 2025-yil oxirigacha har qanday odamning aqlidan ustun bo‘ladi – Ilon Mask

AI

“SpaceX” va “Tesla” kompaniyalari asoschisi Ilon Maskning fikricha, sun’iy intellekt inson qobiliyatlaridan bugun taxmin qilinganidan ancha oldinroq o‘zib ketadi. Bu haqda u o‘zining “X” (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘i blogida ma’lum qildi.

Maskning SI kompaniyasi

2023-yilda Ilon Mask “x.AI Corp” sun’iy intellekt kompaniyasiga asos solgan. Uning birinchi mahsuloti “Grok” chat-boti bo‘lib, u so‘rovlarga tez javob beradi, ijtimoiy tarmoqlardagi postlarga kirish huquqiga ega, tasvirlarni yaratadi va kod bilan ishlaydi. Hozirda kompaniyaning qiymati $40 mlrd.dan ortiq deb baholanmoqda.

Keyingi yil oxirida SI har qanday odamning aqlidan ustun bo‘lishi mumkin

Mask 2025-yil oxirigacha sun’iy intellekt har qanday odamning aqlidan, 2027−2028-yillar oralig‘ida esa ehtimol barcha insonlarning aqlidan ustun bo‘lishini taxmin qilmoqda.

“2025-yil oxiriga kelib sunʼiy intellekt har qanday odamdan, ehtimol, 2027–2028-yilga kelib, barcha odamlardan ustun boʻlishi ehtimoli tobora ortib bormoqda. 2030-yilga borib sunʼiy intellekt barcha odamlar intellektidan ustun boʻlishi ehtimoli 100 foizni tashkil etadi”, — deb yozgan u.

Mask OpenAI’ning hamta’sishisi bo‘lgan

Shuningdek, Mask “ChatGPT” chat-botini yaratgan “OpenAI” texnologiya kompaniyasining hamta’sischisi bo‘lgan, biroq keyinchalik u kompaniyani tark etgan.

Теги :
Jamiyat