$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi Chatgpt’ga qoʻngʻiroq qilish mumkin

chatgpt

OpenAI kompaniyasi foydalanuvchilarga ChatGPT bilan telefon orqali muloqot qilish imkonini beradigan yangi funksiyani taqdim etdi.

Xizmatdan kimlar foydalana oladi?

Kompaniya saytida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, endi AQSh yoki Kanadada istiqomat qiluvchi istalgan inson 1-800-242-84-78 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, ovozli rejimda chatbot bilan muloqot qilishi mumkin. Ta’kidlanishicha, hatto chatbotga WhatsApp orqali xabar ham yo‘llash mumkin.

Qanday ishlaydi?

Sun’iy intellekt boti bilan oyiga 15 daqiqa bepul gaplashish mumkin, messenjer orqali yozishmalarga ham cheklov o‘rnatilgan. Shundan so‘ng foydalanuvchilarga ChatGPT ilovasini yuklab olish yoki chatgpt.com orqali ro‘yxatdan o‘tish taklif qilinadi. Telefon orqali bepul muloqot uchun atrof tinch bo‘lishi lozim, chunki har qanday shovqinni u ko‘rsatma sifatida qabul qiladi. Sun’iy intellekt suhbatdoshni messenjerdagi chat guruhga qo‘shib bo‘lmaydi.

Haftasiga 250 million faol foydalanuvchi

Avvalroq ChatGPT tufayli OpenAI yangi “ChatGPT Pro” xizmati haqida ma’lum qilingandi. Eng ilg‘or modellarni o‘z ichiga olgan xizmat ilmiy ish yozish, murakkab hisob-kitoblar va ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirishda yordam beradi.

ChatGPT 2022-yil noyabrda ishga tushirilganidan beri haftasiga 250 million faol foydalanuvchini o‘ziga jalb qildi. 2021-yilda OpenAI qiymati 14 milliard dollardan 157 milliard dollarga chiqib ketdi, daromadi esa noldan 3,6 milliard dollarga yetdi.