Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +18° kechasi +9°

Ijtimoiy tarmoqlar o‘zini rivojlantirish uchun sun’iy intellektni kuchaytirmoqda

Youtube Shorts video uchun yangi funksiyani ishga tushirdi. TikTokʼka egalik qiladigan kompaniya tasvirlar bilan ishlaydigan sun’iy intellektni taqdim etdi.

2 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy tarmoqlar o‘zini rivojlantirish uchun sun’iy intellektni kuchaytirmoqda

Youtube Shorts video uchun yangi funksiyani ishga tushirdi. TikTokʼka egalik qiladigan kompaniya tasvirlar bilan ishlaydigan sun’iy intellektni taqdim etdi.

Youtube Shorts video uchun yangi funksiyani ishga tushirdi

“YouTube” “Dream Track” sun’iy intellekt tajribasi doirasida qo‘shiq uslubini o‘zgartirish funksiyasini qo‘shdi.

Neyron tarmog‘i original qo‘shiqning ovozi va matnini saqlab qolgan holda 30 soniyalik rolik uchun kompozitsiyaning janri va kayfiyatini o‘zgartirishi mumkin. Sinov rejimida cheklangan foydalanuvchilar “Restyle a track” tugmasini bosish orqali tanlangan musiqachilarning litsenziyalangan qo‘shiqlarini qayta yaratishi mumkin. Biroq remiks yaratish uchun qanday qo‘shiqlar mavjudligi aytilmagan.

Qayta ishlangan treklar asl nomi va kompozitsiya muallifi ko‘rsatilgan holda sun’iy intellekt kontent sifatida belgilanadi.

Buning ustida “Google DeepMind” ishlamoqda

Avvalroq “YouTube” musiqa yaratish uchun sun’iy intellekt xizmatlarini namoyish etgandi.

Neyron tarmoqlar “Google DeepMind” tomonidan ishlab chiqilmoqda va qo‘shiq mualliflari va prodyuserlardan iborat “Music AI Incubator” loyihasi doirasida xizmatlar sinovdan o‘tkazilmoqda.

Neyron tarmoq orqali tegishli to‘qqiz nafar ijrochidan birining uslubida 30 soniyali qo‘shiq yaratish mumkin.

TikTok’da yangi hamkor

TikTok platformasiga egalik qiladigan Xitoyning ByteDance kompaniyasi sun’iy intellektga (SI) asoslangan SeedEdit vositasini chiqarishini ma’lum qildi.

Uning demo versiyasi Hugging Face platformasida mavjud.

SeedEdit tasvirlar bilan ishlash uchun moʻljallangan. Texnologiya nafaqat soʻrov boʻyicha ularni yaratishi, balki ularni tahrirlashi ham mumkin. Bu ByteDance vositasini analog xizmatlardan ajratib turadi.