$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band etganlarga doimiy shofyorlik qilishga ruxsat beriladi

taksi

O‘zbekistonda yo‘nalishsiz taksichilik xizmatlariga oid muhim yangiliklar ma’lum qilindi. Vaqtinchalik tartib asosida yo‘lga qo‘yilgan o‘zini o‘zi band qilib taksichilik qilish endi doimiy bo‘ladi. Bu nafaqat minglab haydovchilarning daromad manbasini kafolatlaydi, balki xizmat ko‘rsatish sifati va tartibga solishda yangi bosqichni boshlab beradi. 

O‘zini o‘zi band qilib taksichilik qilish doimiylashtiriladi

Ikki yil avval jismoniy shaxslarga vaqtinchalik tartibda o‘zini o‘zi band qilib taksichilik qilish imkoniyati yaratilgan edi. Natijada, taksichilar soni olti barobar oshib, 457 ming kishiga yetdi. Endilikda ushbu tartib doimiy bo‘lishi belgilandi. Bu qaror Prezident tomonidan transport va logistika tizimini rivojlantirish bo‘yicha taqdimot chog‘ida e’lon qilindi. 

Axborot tizimlari va agregatorlar faoliyati

Hozirda mamlakatda 151 ta agregator kompaniya faoliyat yuritmoqda va bu raqam tobora oshib bormoqda. Agregatorlar mijoz va haydovchilar o‘rtasidagi aloqani osonlashtirib, qulay xizmat ko‘rsatish imkonini yaratmoqda. Taqdimotda agregatorlarning faoliyatini tartibga solish, ularning haydovchi, yo‘lovchi va davlat oldidagi majburiyatlarini aniq belgilash muhim ekani ta’kidlandi. 

Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni qanday amalga oshiriladi?

Fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirishiga 2022-yil 1-sentyabrdan 2024-yil oxiriga qadar ruxsat berilgandi. Buning uchun haydovchilar avvalo davlat Soliq inspeksiyasi hududiy bo‘limlariga borib o‘zini o‘zi band bo‘lgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tadi. 300 ming so‘m to‘lab guvohnoma oladi.

So‘ngra davlat xizmatlari markaziga borib qo‘lidagi guvohnomaga asosan yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasi olish uchun 1 yilga davlat boji to‘lab litsenziya varaqasi oladi. To‘lov — 300 ming so‘m. Shunda haydovchi jami bo‘lib 1 yilga 600 ming so‘m sarf qiladi. Boshqa, kunlik to‘lovlar yo‘q.