Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 96 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +8°

Shilqimlik modaga aylanmoqdami?

Toshkentda xaridor ayolning tanasidan ushlab, unga tegajog‘lik qilgan mast erkakka jazo tayinlandi.

3 daqiqa o‘qiladi

Shilqimlik modaga aylanmoqdami?

Sud hujjatlariga ko‘ra, 25-iyun kuni Toshkent shahri Chilonzor tumani Algoritm mavzesi Zargarlik ko‘chasida tarvuz sotuvchi 33 yoshli U.I. erkak mast holatda xaridor ayolning belidan past va dumbasini ushlab, shahvoniy shilqimlik qilgani aniqlangan. 

“UzNews”ning Oliy sud portaliga tayanib yozishicha, sud majlisida huquqbuzar erkak o‘zining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatdagi aybiga iqrorligi, hozirda qilmishidan pushaymonligini, bundan keyin bu kabi harakatlarni sodir etmasligini bildirib, suddan unga nisbatan yengillik berishni so‘ragan. 

Sud qarori bilan U.I.ga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 41-1-moddasining 1-qismiga (shahvoniy shilqimlik qilish) asosan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi, 194-modda 1-qismiga (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik) asosan esa BHMning 10 baravari miqdorida, yaʼni 3,4 million so‘m jarima jazosi tayinlangan. 

 Shilqimlik modaga aylanmoqdami?

Avvalroq, Kinoteatrda yonidagi tanish qizga shilqimlik qilgan yigit 5 sutka va BHMning 15 foizi bilan jazolangan edi. Shuningdek, Andijonda maktab direktori o‘rinbosari o‘quvchi qizlarga tegajog‘lik qilayotgani aytilgan, Toshkentda metro vagonida notanish qizga tegajog‘lik qilgan erkak besh sutkaga qamalgan edi.

Shahvoniy shilqimlik uchun qanday jazo mavjud?             

Shahvoniy shilqimlik qilish, yaʼni shaxsga nisbatan uning uchun nomaqbul boʼlgan hamda uning shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan, shaxsning tashqi qiyofasini yoki qaddi-qomatini tavsiflashda, imo-ishora qilishda, teginishda, chaqirishda ifodalangan, shahvoniy xususiyatga ega boʼlgan harakatlarni bir marta qoʼpol ravishda yoki bir necha marta sodir etish 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʼlishi mumkin.                              

Dunyo bo‘yicha Statistikalar

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) ma'lumotlariga ko‘ra:

Dunyoda har uch ayoldan biri (35%) hayoti davomida jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlikka duch keladi. Bu ko‘rsatkich turli mintaqalarda farq qiladi, ammo umumiy tendensiya o‘zgarmaydi.

Evropa Ittifoqi Fundamental Huquqlar Agentligi (FRA) hisobotiga ko‘ra:

Evropa Ittifoqidagi ayollarning 55% i hayoti davomida jinsiy tazyiq bilan yuzma-yuz kelgan. Ayollarning 11% i 15 yoshgacha jinsiy zo‘ravonlikka duchor bo‘lgan.

AQShdagi Milliy Jinsiy Zo‘ravonlik Tarmog‘i (RAINN) ma'lumotlariga ko‘ra:

Har 73 soniyada AQShda bitta kishi jinsiy zo‘ravonlikka uchraydi, bu esa yillik hisobda millionlab holatlarni tashkil qiladi.

Zo‘ravonlik qurbonlarining 90% ini ayollar tashkil qiladi.

Hindistondagi Milliy Jinoyatchilik Statistika Byurosi (NCRB) ma'lumotlariga ko‘ra:

Hindistonda har yili 30,000 dan ortiq jinsiy zo‘ravonlik holatlari qayd etiladi. Biroq bu raqamlar ko‘plab holatlar qayd etilmayotganini ham ko‘rsatishi mumkin.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ma'lumotlariga ko‘ra:

Jinsiy tazyiq va zo‘ravonlik, jumladan, ish joyidagi shilqimlik, dunyo bo‘ylab keng tarqalgan. Ish joyida jinsiy tazyiqqa duch kelgan ayollarning soni global miqyosda juda yuqori.

Janubiy Afrika Respublikasida:

Har 26 soniyada bitta ayol jinsiy zo‘ravonlikka uchraydi. Bu mamlakatda jinsiy zo‘ravonlikning yuqori darajada ekanligini ko‘rsatadi.