$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Yurtimizda xususiy shifoxonalar soni so‘ngi 7 yilda 3,5 mingtadan 9 mingtaga ko‘paydi

tibbiyot

2017-yilda xususiy shifoxonalar soni qariyb 3,5 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, bugunga kelib ularning soni 9 mingdan ortdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tibbiyot ixtisosliklari bo‘yicha litsenziya olish imkoni

Tibbiyotning nodavlat sektorida ixtisoslik turlari 50 tadan 225 taga oshdi. Shuningdek, xususiy shifoxonalarning tibbiyot ixtisosliklari bo‘yicha litsenziya olishiga imkon yaratildi. 

3 700 dan ko‘proq mavjud nodavlat klinikalar yangi tibbiy ixtisoslik hisobiga o‘z faoliyatlarini kengaytirdi.

Shifoxonalardagi o‘rin-joylarning 35 foizi xususiy sektor ulishiga to‘g‘ri keladi

Ta’kidlash lozimki, ayni paytda yurtimizdagi barcha tibbiyot muassasalarida tashkil etilgan o‘rin-joylarning 35 foizi xususiy sektor ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Ya’ni so‘nggi yillarda nodavlat tibbiyot klinikalarida stasionar shifo o‘rinlari soni sezilarli darajada ortib, 2024-yilda 42 750 ga yaqinlashdi.

Shuningdek, xususiy tibbiyot muassasalarining barchasida ambulator, 1 530 dan ortig‘ida stasionar xizmatlari tashkil etilib, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat turlari 726 tadan 2 251 taga oshdi. 

Stomatologiyalarning 91 foizi xususiy

Bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimida nodavlat tibbiyotning ulushi 30 foizga yetdi. Jumladan, laboratoriya xizmatlarining 40 foizi, oftalmologiya va operativ oftalmologiyaning 60 foizi, LOR va endoskopik LORning 70 foizi va stomatologik tashxis hamda muolajalarning 91 foizi aynan xususiy klinikalar tomonidan ko‘rsatilyapti.

Теги :
Jamiyat