Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 90 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +8°

O‘zbekistonning SHHTga a’zo davlatlar bilan savdo tahlili o‘tkazildi

SHHT mamlakatlari O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining 50,1%ini tashkil etgan.

1 daqiqa o‘qiladi

SHHTning O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonning SHHTga a’zo davlatlar bilan 2023 yilgi savdosini tahlil qildi.

SHHTning O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni juda yuqori bo‘lib, u O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining 50,1%, ya’ni, 31,36 mlrd. dollar qismini egallagan.

Eksportdagi o‘rni

SHHT mamlakatlari bozorlari O‘zbekistonning tayyor eksport mahsulotlarining asosiy iste’molchilari hisoblanadi.

SHHTga kiruvchi davlatlar O‘zbekiston eksportining 36,6% qismini egallab, yillik 8,94 milliard dollar hamda importning umumiy hajmida 58,8% qismni egallab, 22,43 milliard dollar miqdorida savdo aylanmasini tashkil etgan.

O‘sish surati

2023-yilda 2022-yilga nisbatan O‘zbekistonning SHHT mamlakatlari bilan tovar aylanmasi 18,5%ga o‘sib, 31 362,0 mln dollarni tashkil etdi, eksport 1,3%ga kamayib, 8 936,3 mln dollarni tashkil etdi, import 28,9%ga o‘sib, 22 425,6 mln dollarni tashkil etdi.