$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekistonda ShHTning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtadi

ShHT

Joriy yilning 5-iyun kuni Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti forumining XIX yigʻilishi boʻlib oʻtishi aytilmoqda.

Tadbir Oʻzbekiston raisligida Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil etilmoqda.

Forum ishtirokchilari

Boʻlajak forum “Yangi sharoitlarda ShHTning roli: umumiy xavfsizlik, barqarorlik va farovonlik yoʻlidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish” mavzusiga bagʻishlangan.

Unda dunyoning 10 mamlakatidan 40 dan ziyod ekspertlar, jumladan, ShHTga a’zo mamlakatlarning milliy tadqiqot markazlarining vakillik delegatsiyasi, ShHTda kuzatuvchi davlatlar va tashkilotning muloqot boʻyicha hamkorlari mutaxassislari, ShHT Kotibiyati rahbariyati va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qoʻmitasi rahbariyati ishtirok etadi. 

Nimalar muhokama qilinadi?

Tadbirning kun tartibi ShHT doirasidagi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan uchta — asosiy sessiyalar, zamonaviy rivojlanish bosqichida ShHT samaradorligini oshirish va ShHT forumi faoliyatini takomillashtirishning kelgusi istiqbollari muhokamasini oʻz ichiga oladi.

Forum yakunida ShHTga a’zo davlatlarning tadbir kun tartibidagi masalalar boʻyicha yondashuvlari va qarashlari aks etgan yigʻilish Bayonnomasi imzolanishi rejalashtirilgan.