$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Asli o‘zbekistonlik AQShning “Eng yaxshi ayol shaxmatchisi”

Gulruhbegim Tohirjonova

Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova Vengriyaning Budapesht shahrida o‘tkaziladigan 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida AQSh ayollar terma jamoasi tarkibida ishtirok etadi. Bu haqda sportchining o‘zi “X”dagi (Twitter) rasmiy sahifasida yozib qoldirdi: “45-FIDE shaxmat Olimpiadasida AQSH ayollar terma jamoasi a’zosi bo‘lishdan faxrlanaman.”

U nima uchun O'zbekiston tarkibida emas?

Gulruhbegim Tohirjonova 2021-yildan buyon AQSH milliy terma jamoasi sharafini himoya qilib keladi. U bungacha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblangan, ammo o‘sha vaqtdagi rahbariyat bilan yuzaga kelgan nizo sabab u terma jamoamizni tark etgan. Tohirjonova videomurojaatlarining birida AQShga ketishiga O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisining o‘rinbosari sabab bo‘lganligini aytadi. O‘tgan yili Gulruhbegim Tohirjonova AQSh shaxmat federatsiyasi tomonidan yilning “Eng yaxshi ayol shaxmatchisi” deb topilgan.