$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Buxoroda ayol 2 nafar qizini ayovsiz kaltakladi

shavqatsiz ona

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar chamasi 3-4 yoshlar atrofidagi qiz - Fotima va Zuhrani haqoratlab, kaltaklagan ayolning videosi tarqaldi.

Voqea Jondor tumanida sodir bo‘lgan

Holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB tomonidan tezkor oʻrganuvlar olib borilgan.

Aniqlanishicha, holat Jondor tumani, Navgadi MFY, Mahmud Torobiy koʻchasida yashovchi fuqaro tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

Ayol voqeani tasvirga olib eriga yuborgan

Ma'lum boʻlishicha, ayolning eri bir necha yildan buyon Rossiya Federatsiyasida ishlab kelmoqda. Ayol erining ular holidan xabar olmayotgani va yetarlicha pul joʻnatmayotganidan jahli chiqib, voyaga yetmagan qizlarini urib, videotasvirga olgan va eriga joʻnatgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolovning bergan ma’lumotiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan hozirgi vaqtda Jondor tumani Ichki ishlar boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

«Tekshiruv yakuni boʻyicha qonunda belgilangan tartibda holatga huquqiy baho beriladi. Bu haqda qoʻshimcha ma'lumot beramiz», - deydi Shuhrat Jalolov.

Теги :
Jamiyat