Dushanba, 26-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +6°

Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi yakunladi

Muzokara yakunlarida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida 20 ta shartnoma imzolandi.

2 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev va Erdog'an

Muzokara yakunlarida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida 20 ta shartnoma imzolandi.

Uchinchi yig‘ilish yakuni

Ikki davlat o‘rtasida o‘tkaziladigan Strategik hamkorlik kengashining bu galgi(uchinchi) yig‘ilishi ham o‘z nihoyasiga yetdi. Yakunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzolashdi.

Yana 19 ta hujjat imzolandi

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida 19 ta katta shartnoma, xususan quyidagilar imzolandi:

- Ilmiy almashinuv va yuqori texnologiyalar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Hududiy rivojlanish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida bitim;

- Standartlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishida texnik ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

- Kosmik fanlar, texnologiyalar va tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

- Qishloq xo‘jaligi ta’limi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

- Energetik rivojlanish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

- Madaniyat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

- Axborot sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

- Kadastr masalalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

- Turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

- Oila instituti va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

- Boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

- Huquqiy sohada malaka oshirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma.

Boshqa shartnomalar

Bulardan tashqari yana imtiyozli savdo, energetika bozorini tartibga solish va qishloq xo‘jaligi sohasiga doir qo‘shma hujjatlar imzolandi.

Avvalroq Prezident Mirziyoyev Turkiyaga borishi haqida ma’lumot bergan edik.