Mirziyoyev Turkiyaga boradi
Davlat rahbarining ushbu tashrifi Turkiya prezidentining taklifiga ko‘ra amalga oshirilmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat rahbarining ushbu tashrifi Turkiya prezidentining taklifiga ko‘ra amalga oshirilmoqda.
Strategik hamkorlik kengashi bo‘lib o‘tadi
Mirziyoyev 6-iyun kuni rasmiy tashrif bilan Turkiya Respublikasiga tashrif buyuradi. Bu haqida Prezident rasmiy sahifasi ma’lumot berdi (https://president.uz/uz/lists/view/7283). tashrif doirasida Anqarada ikki rahbar boshchiligida Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Kun tartibidan O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari joy olgan.
Ma’lum sohalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan
Ushbu yig‘ilishda avvalo ikki davlat o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat, "yashil" energetika, elektrotexnika, to‘qimachilik, farmatsevtika tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish masalalari ko‘rib chiqiladi. Shu jumladan davlat-xususiy sheriklik dasturi doirasida kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi.
Birinchi qo‘shma uchrashuv o‘tkaziladi
Uchrashuvda, shuningdek, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashish ham ko‘zda tutilgan. Yakunda esa ikki davlat o‘rtasida tegishli hujjatlar qabul qilinadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari ikki mamlakat yetakchi korxonalari va kompaniyalari rahbarlari bilan birinchi qo‘shma uchrashuvini o‘tkazadilar.



