Endilikda mehnat shartnomalari elektron shaklda tuziladi
Xodimlar imzolangan elektron mehnat shartnomasini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi (my.gov.uz) shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin.
1 daqiqa o‘qiladi

Endilikda mehnat shartnomalari YMTT orqali elektron shaklda tuziladi. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabar berdi.
Yagona milliy mehnat tizimi
Hukumat qaroriga muvofiq ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomalari “Yagona milliy mehnat tizimi” (YMMT) orqali elektron tarzda rasmiylashtiriladi.
Xodimlar imzolangan elektron mehnat shartnomasini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi (my.gov.uz) shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin.
Kimlar bundan istisno?
Barcha ish beruvchilar YAMMT platformasi orqali elektron mehnat shartnomalarini tuzishi va unda qog‘oz shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.
Davlat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi hamda shtat jadvali maxfiy bo‘lgan ish beruvchilar bundan mustasno.



