$
 12909.80
7.8
 13415.86
-12.54
 129.09
1.49
weather
+26
Кечаси   +14°

Qaysi viloyat ijara shartnomalari bo‘yicha yetakchi?

shartnoma

O‘zbekiston ko‘chmas mulk ijara bozori o‘sishda davom etmoqda. 2024-yilning o‘tgan 11 oyida soliq organlarida hisobga olingan ijara shartnomalari soni 587 mingdan oshdi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan yuridik shaxslar o‘rtasida 16,4%ga, jismoniy shaxslar o‘rtasida esa 17,2%ga oshdi.

Jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi ijara shartnomalari

Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan ijara shartnomalari soni 423,3 mingga yetdi. Ushbu shartnomalar asosida 455,7 milliard so‘m daromad solig‘i hisoblandi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 16,3%ga ko‘p.

Yuridik shaxslar o‘rtasida esa 163,9 ming ijara shartnomasi tuzilgan bo‘lib, ular asosida 245,6 milliard so‘m soliq hisoblandi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 17,6%ga oshgan.

Talabalar uchun ijarada o‘zgarishlar

Talabalar bilan 112,4 ming ijara shartnomasi tuzilgan bo‘lib, bu shartnomalar bo‘yicha 143 080 nafar talaba ijarada istiqomat qilmoqda. Soliq qonunchiligiga ko‘ra, uy-joylarni talabalarga ijaraga bergan soliq to‘lovchilar daromad solig‘idan ozod etiladi. Shu orqali 58,2 milliard so‘m soliq imtiyozi qo‘llanilgan.

Hududlar kesimida ijara shartnomalari

Hududlar kesimida eng ko‘p ijara shartnomalari Toshkent shahrida qayd etilgan – 215 957 ta (umumiy ulushning 36,8%). Samarqand viloyati 54 124 ta shartnoma (9,2%) bilan ikkinchi o‘rinda, Toshkent viloyati esa 52 132 ta shartnoma (8,9%) bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Eng kam shartnomalar Sirdaryo viloyatida – 14 011 ta (2,4%).

Теги :
Jamiyat