$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari ro‘yxatga olindi

senat

Markaziy saylov komissiyasi ma’lum qilgan axborotga ko‘ra, joriy yilning 16-noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolarini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tgan. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14 noyabrdagi PF–187-son Farmoniga asosan tayinlangan Oliy Majlis Senati a’zolari ro‘yxatga olingan.

51 nafar senator saylandi

Majlisda joriy yilning 7−12-noyabr kunlari Oliy Majlis Senati a’zolarini saylash bo‘yicha o‘tkazilgan mahalliy Kengashlarning qo‘shma majlislari bayonnomalari muhokama qilinib, ular asosida Oliy Majlis Senati a’zolarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingan. Unga ko‘ra, hududlardan jami 51 nafar senator saylandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ham senator bo‘lgan.

Senatning sifat tarkibi

Yangidan shakllangan Senatning sifat tarkibi quyidagicha:

  • senatorlarning 26,4 foizini xotin-qizlar tashkil etdi;
  • 1 nafari – 30 yosh, 41,6 foizi – 40 yoshdan 60 yoshgacha, 56,6 foizi – 60 yoshdan kattalarni tashkil etdi;
  • 98,3 foizi oliy ma’lumotli bo‘lib, 31,6 foizi ilmiy darajaga ega;
  • senatorlarning 25 foizi – iqtisodchilar, 13,3 foizi – huquqshunoslar, 26,6 foizi – pedagoglar, 13,3 foizi – muhandislar, 5 foizi – tibbiyot sohasi vakillari, 16,8 foizini esa – madaniyat sohasi vakillari, tadbirkor va fermerlar tashkil etadi.

Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, majlisda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96-moddasiga muvofiq 2024-yil 18-noyabr kuni Qonunchilik palatasining va 2024-yil 19-noyabr kuni Senatning birinchi majlislarini Toshkent shahrida chaqirilishi belgilangan.

Теги :
Jamiyat